Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Zaharlanish xavfi va allergiya paydo bo‘lishi har kuni odamga tahdid soladi. Nafaqat sifati buzilgan ovqatlar bilan zaharlanishingiz mumkin, balki kechki ovqat uchun zararsiz ko‘rinadigan bir bo‘lak baliq allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi hech gap emas.

Diyetolog Nata Gonchar oziq-ovqat allergiyalari va zaharlanish holatlarining 90 foizini keltirib chiqaradigan odatiy ovqatlar haqida Wday nashriga so‘zlab berdi.

Foto: Wday

Allergenning ikkita asosiy turi mavjud: yuqumli bo‘lmagan va kelib chiqishi yuqumli bo‘lgan allergen. Oziq-ovqat allergenlari yuqumli emas, ammo oziq-ovqatdagi mog‘or yuqumli allergen hisoblanadi.

Sakkizta asosiy oziq-ovqat allergenlari mavjud: sigir suti, tuxum, yong‘oq, yeryong‘oq, baliq, dengiz mahsulotlari, bug‘doy, soya.

Ushbu mahsulotlar qo‘shilgan taomlar oziq-ovqat allergiyasini, og‘ir holatlarda esa jiddiy zaharlanishni qo‘zg‘atishi mumkin.

Oziq-ovqat allergenlariga reaksiya quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

  • Qichishish;
  • Terining qizarishi;
  • Shish;
  • Qusish;
  • Qorin og‘rig‘i;
  • Ongni yo‘qotish;
  • Nafas qisilishi va tomoq og‘rig‘i.

Agar sizda ma’lum bir oziq-ovqatdan keyin (masalan, sut yoki yong‘oq kabi) allergik alomatlar paydo bo‘lsa, alomatlarni keltirib chiqaradi deb o‘ylagan oziq-ovqatlarning allergenlari uchun testdan o‘tishingiz kerak.

Bordi-yu, ma’lum bir mahsulot allergiya keltirib chiqarganiga ishonchingiz komil bo‘lsa, uning o‘ramidagi yorliqni diqqat bilan o‘qing, chunki allergenlarning oz miqdori ham kuchli reaksiyaga olib kelishi mumkin.

Eng keng tarqalgan beshta allergen

Yong‘oq pastasi, yog‘ va shirinliklar

Yong‘oq, ayniqsa, bolalar orasida eng keng tarqalgan allergen hisoblanadi. Yong‘oq, yeryong‘oq pastasi, xamirli ovqatlar, pishloqlar — bularning barchasi allergiyaga olib kelishi mumkin. Tilning shishishi, aksirish, og‘izda kuyish hissi va ko‘ngil aynishi organizmning reaksiyasi haqida signal beradi.

Allergiya reaksiyasini oldini olish uchun sotib olingan mahsulotlarning tarkibini diqqat bilan o‘qing.
Foto: Wday

Yong‘oqli shirinliklar, souslar va pishiriqlar

Bodom, yong‘oq, funduk — ko‘plab delikateslarning asosi va keks, pechenye, shirinliklar va shokolad, shuningdek, souslar va salatlarning asosiy qo‘shimchasidir.

Foto: Wday

Sut mahsulotlari

Sut oqsili allergiyasi va sut allergiyasi bir xil narsa emas. Allergiya sutning barcha turlarida — sigir, echki sutida namoyon bo‘ladi, ammo laktoza intoleransidan alomatlari — qusish, bo‘g‘ilish, diareya, qorin og‘rig‘i va dam bo‘lishi bilan farq qiladi.

Pishloqlar, sariyog‘, yogurt, muzqaymoq va pudinglar — sut allergiyasi bo‘lgan odamlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak bo‘lgan ba’zi oziq-ovqatlardir. Bundan tashqari, sut mahsulotlari qisqa saqlash muddatiga ega va nonushta uchun buzilgan tvorog zaharlanishga olib kelishi mumkin. Buzilgan sut mahsulotlari tarkibida Clostridium botulinum toksini mavjud bo‘lib, u botulizmni qo‘zg‘atadi, bu parez va mushaklar falajining rivojlanishi bilan tavsiflangan o‘tkir toksik-infeksion kasallikdir.

Foto: Wday

Tuxum mahsulotlari

Tuxum turli xil mahsulotlar va taomlarning bir qismidir (masalan, makaron, non va pishiriqlar, souslar, xamirli ovqatlar va pishiriqlar). Allergiya reaksiyasini tuxum oqi keltirib chiqaradi, bu salmonellyoz —ko‘plab yon ta’sirga ega bo‘lgan kasallikni qo‘zg‘atadi. Yorliqni diqqat bilan o‘qing, chunki tuxum boshqa nomlar ostida yashirin bo‘lishi mumkin.

Foto: Wday

Glyutenni o‘z ichiga olgan mahsulotlar

Allergiya, odatda, javdar, bug‘doy va jo‘xori kabi donlarda mavjud bo‘lgan glyuten tufayli yuzaga keladi. Allergiyaning bu turini glyuten sezuvchanligi deb ataladi.

Ro‘yxatdagi mahsulotlar va boshqa allergenlar allergik jarayonning og‘ir shaklini — anafilaktik shokni keltirib chiqaradi. Bu o‘ta xavfli holatlar ya’ni qon bosimining pasayishi, tomoq shishishi va spazmi, yurak ishidagi buzilishlar bilan birga keladi. Shoshilinch tibbiy yordam bo‘lmasa, anafilaktik shok holatida bo‘lgan odam bir necha daqiqa ichida halok bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Foto: Wday

Donli mahsulotlarni o‘z ichiga olgan taomlarni iste’mol qilmasligingiz kerak. Glyuten moddasi muzqaymoq, yogurt, sariyog‘, kolbasa va quyultirilgan sutda ham uchraydi.

Bundan tashqari, organizm boshqa mahsulotlarga istalmagan tarzda reaksiya bildirishi mumkin:

  • Turli urug‘lar (kungaboqar);
  • Asal va undan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Dukkaklilar (loviya, no‘xat, yasmiq);
  • Bug‘doy mahsulotlari (jumladan, makaron).

Biroq bunday hollarda allergiya kamdan-kam hollarda, asosan, irsiy yuqori sezuvchanlik yoki ushbu mahsulotlarni haddan tashqari va tez-tez iste’mol qilish tufayli yuzaga keladi. Me’yor haqida unutmang va hatto, sevimli mahsulotlaringizni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmang.

Yozgi zaharlanishni keltirib chiqaruvchilar: muzqaymoq, tarvuz va shaurma

Yozda ovqatdan zaharlanish xavfi ortadi, chunki havo harorati doimiy ravishda yuqori bo‘ladi va oziq-ovqat tez buziladi.

Ammo tarvuz, muzqaymoq va shaurma zaharlanishni keltirib chiqaruvchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinlarda  turadi.

Foto: Wday

Nitratning o‘zi zaharli emas, lekin ular oshqozon-ichak trakti mikroflorasiga kirganda jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan zararli nitritlarga aylanadi. Agar tarvuz nam xonada saqlangan bo‘lsa, nitritlarning faolligi ortadi.

Tarvuz bilan zaharlanish belgilari uni iste’mol qilishdan ikki-uch kun o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, zaiflik, og‘ir holatlarda qon bosimi tushishi va yurak urish tezligining oshishi, nafas qisilishi paydo bo‘ladi.

Yeyishdan oldin tarvuzni yaxshilab yuvish qat’iy tavsiya qilinadi.

Shaurma nafaqat undagi go‘shtning shubhali sifati, balki pishirish usuli tufayli ham xavflidir. Qovurishning yetarli emasligi bilan patogen mikroorganizmlar, E. coli, Salmonella va Trichinella rivojlanishi uchun qulay muhit yaratiladi. Bundan tashqari, shaurma nordon sutli sous asosida tayyorlanadi, u issiqlik paytida tezda yomonlashadi. Bunday sous kuchli allergendir.

Foto: Wday

Yoz oylarida muzqaymoq ham ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Saqlash va tashish qoidalarini buzganligi sababli ko‘pincha takroriy muzlatishga duchor bo‘ladi. Erigan muzqaymoq Staphylococcus aureus yoki E. coli rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Bu mikroblar organizmda patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va kuchli zaharlanish, hatto, toksik shokka olib kelishi ehtimoli yuqoridir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »