Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlar soni ko‘paygani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimovadan izoh oldi.

Qo‘mita masʼul xodimi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlar soni ko‘paygani emas, aksincha kamayganini aytib o‘tdi. Uning taʼkidlashicha, xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilgan.

Foto: "Daryo"

“Bugun fuqarolar “Soliq” mobil ilovasi orqali murojaatlar yo‘llab isteʼmolchilik huquqlarini talab qilmoqda. Jumladan, 2021-yilda mobil ilova orqali fuqarolardan 10 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan va 8 mingdan ortiq tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lsa, 2022-yilda 145 mingta yuborilgan murojaatlardan 72 mingtasida tekshiruvlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tekshiruvlarda huquqbuzarliklar 99,6 foiz holatda tasdig‘ini topgan”, – dedi Dildora Hoshimova.

Alohida taʼkidlanishicha, “Tekshiruvdan oldingi tahlil” (avtokameral) dasturi – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda, tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini berishi hisobiga 2022-yilda kameral soliq tekshiruvlari 2021-yilga nisbatan 53 foizga kamaygan.

Foto: Soliq qo‘mitasi axborot xizmati

Maʼlumot uchun, 2023-yilning 6 oyida tekshirishlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 mingtaga kamaygan. Tekshiruvdan oldingi tahlil va boshqa nazorat tadbirlari, zamonaviy axborot texnologiyalarining, xususan, onlayn-NKT, “keshbek” va “soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishi natijasida bevosita soliq tushumlari 2021-yilga nisbatan 5,5 trln so‘mga yoki 9,4 foizga oshgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »