Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chexiyaning Karl universiteti texnik ko‘magi ostida Oila va xotin-qizlar instituti tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekistonda tug‘ilish omillarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlanma so‘rov natijalarini taqdim etdi. Bu haqda BMT aholishunoslik jamg‘armasining (YUNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga maʼlum qildi.

Foto: "Daryo"

Tadqiqotda O‘zbekistondagi tug‘ilish darajasi va ayollarning reproduktiv xatti-harakatiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga doir muhim maʼlumotlar qayd etilgan.

“Amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda 2017-yildan keyin tug‘ilish o‘sishining asosiy omillari sifatida bolali oilalar moddiy ahvolining yaxshilanishi hamda odamlarning ertangi kunga ishonchi darajasining umumiy o‘sishini qayd etish mumkin. Shakllantirilgan barcha farazlar klassik kogort-komponentli namoyish modeli, aholini prognozlashtirish bo‘yicha keng foydalaniluvchi usul parametrlarini baholash uchun zamin sifatida xizmat qiladi”, — deyiladi YUNFPA axborotida.

Ma'lumot uchun, Prognozga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi yaqin o‘ttiz yil davomida tezkor surʼatlarda o‘sib boradi. Katta ehtimol bilan 2028-yilga borib aholi soni 40 millionga yetadi, 2050-yilgacha esa bu ko‘rsatkichning 50 milliondan ortishi kutilmoqda. 

Avvalroq O‘zbekistonda 2050-yilga borib aholining keksayish surʼatlari o‘sishi kutilayotgani xaqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »