Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyatidan o‘tgan magistral yo‘lda 7 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, holat 30-iyun kuni soat 10.50 larda Toshkent—Termiz M-39 yo‘lining 997-kilometrida sodir bo‘lgan. Buxoroda yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Shacman shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Samarqandda yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Epica‘ning orqasiga urilgan. Oqibatda Epica yo‘lovchisi, Buxoroda yashovchi fuqaro voqea joyida vafot etgan. 

Xuddi shunday mazkur avtoulov ichida bo‘lgan Xiva tumanida yashovchi M.A. shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Bundan tashqari, ushbu YTH natijasida Toshkent shahri, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi shaxslar boshqaruvidagi Lacetti, Sinotruk, HOWO, Cobalt, Nexia-3 to‘qnashgan. 

Oqibatda mazkur mashinalarga turli darajada texnik shikast yetgan. Ushbu avtomashinalarda bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma‘lum qilinishicha, ayni paytda Jizzax shahrini G‘allaorol tumani va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi Uchtepa—Jizzax 4R-38 yo‘lining 34-35-kilometrlari oralig‘ida Sangzor daryosi ustidagi ko‘prik taʼmirlanyapti. Shuningdek, mazkur yo‘lning 33-kilometrida yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. Mazkur jihat 4R-38 yo‘lida avtotransport vositalari harakatining cheklanishiga sabab bo‘lgan. Bu esa Toshkent—Termiz M-39 yo‘lining 981 va 1012-kilometrlari oralig‘ida avtoulovlar harakatining sezilarli darajada ortishiga olib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »