Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi bolalar nafaqasiga doir fuqarolarni qiziqtirgan ayrim savollarga javob qaytardi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jamg‘arma axborotiga ko‘ra, bolalar nafaqasi tayinlash uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda fuqarolar yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilish lozim.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda oilaning har bir mehnatga layoqatli yoshdagi aʼzosini rasmiy daromad manbalarga egaligini aniqlashtirish talab qilinadi. Belgilangan mezonlar asosida oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Hukumatning 2021-yil 21-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomda oilada rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan, mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud bo‘lgan hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad qilinadi. Nizomning ushbu talabi bola 3 yoshga to‘lgunicha parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi to‘lovlarining har oylik miqdori quyidagicha belgilangan:

  • 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun;
  • 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun;
  • 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha;
  • 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.

“Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi”, deyiladi Pensiya jamg‘armasi axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »