Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023-yilda o‘sish sur’ati 5,8 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, rivojlanish strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 6,5 foizga yaqinlashishi mumkin. Bu haqda «Gazprombank»ning bozor konyukturasini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulnora Xaydarshina ma’lum qildi.

Foto: Dilzoda Hamidjonova

“2026-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Uning vazifalari sanoat ishlab chiqarishni 40 foizga, eksport hajmini esa 30 milliard dollarga yetkazishdan (2022-yilda eksport 19,3 milliard dollarni tashkil etgan) iborat”, — dedi u.

Xaydarshina eksport o‘sishini birinchi navbatda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar hisobiga ta’minlash rejalashtirilganini aytdi.

“Eksport geografiyasini 115 tadan 150 tagacha kengaytirish rejalashtirilgan”, — ta’kidladi u.

Xaydarshina yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi allaqachon 60 foizga yaqinligi, bunda 23 foizini ishlab chiqarish, 20 foizini xizmatlar, 7 foizini kimyo mahsulotlari, 6 foizini boshqa tayyor mahsulotlar, 5 foizini esa mashinalar, uskunalar va boshqalar tashkil qilishini bildirdi.

  • Ma’lumot o‘rnida, “Gazprombank” 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,7 foizni, 2021-yilda esa 7,4 foizni tashkil qilishini ilgari surgandi.

YTTB, XVJ va Jahon banki prognozlari

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 va 2024-yillarda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilgandi. Bank o‘zining mintaqaviy hisobotida tashqi bog‘liqlikning nisbatan kuchsizlanishiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining yanada kuchayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi aprel oyidagi hisobotida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshilagan.
  • Unga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda YIM o‘sishi 5,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda, oktyabr oyidagi prognozda bu ko‘rsatkich 4,7 foizni tashkil etgan edi.
  • Jahon banki O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘lishini bildirgan. 
  • Respublika iqtisodiyoti o‘sish sur’ati 2024 va 2025-yillar uchun mos ravishda 5,4 va 5,8 foizni tashkill etishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »