Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi qo‘mondonlari kengashi “Prigojinning o‘ng qo‘li” polkovnik Andrey Troshevni ishdan haydadi. Bu haqda “Gulagu.net” loyihasi xabar berdi.

Foto: Reuters

“Mahalliy urushlar va harbiy konfliktlar faxriylari manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha liga” raisi A.N. Troshevning vakolatlari Prezident maʼmuriyati topshirig‘iga asosan tugatilganini ma’lum qildi.

“Qo‘mondonlar kengashi” Troshevning o‘rniga “Vagner” kampaniyasining 5-hujum otryadi sobiq qo‘mondoni, Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasi maxsus kuchlari 14-brigadasining sobiq zobiti Dmitriy Aleksandrovich Podolskiy tayinlangan.

Qaror Troshevning Rostov Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va bojxona idoralariga “Vagner” harbiy texnikalari uchun Rostovga kirish yo‘lini tozalash talabi bilan yuborgan xatidan so‘ng qabul qilingan.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24-iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun, Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »