Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Astraxan shahrida o‘zbekistonlik erkak hamyurtini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Moskovskiy komsomolets” xabar berdi.

Illyustrativ foto: “Weacom.ru”

Ma’lum qilinishicha, 28-iyunga o‘tar kechasi Astraxandagi kafelardan birida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi janjallashgan. Shundan keyin konflikt mushtlashuvga aylangan.

Keyinchalik muhojirlar kafeni tark etib, uyiga ketgan. Biroq ulardan biri o‘rtog‘iga nisbatan shaxsiy xusumati bo‘lgan, deyiladi xabarda. U hamyurti uxlaganidan keyin bo‘yniga bir necha marta pichoq tortgan. Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Do‘stini o‘ldirgandan so‘ng, erkak voqea joyidan qochib ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni qo‘lga olgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari voqeaning barcha holatlarini aniqlamoqda, tergov davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »