Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar avtobuslardan bepul foydalandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Yoshlar avtobuslardan bepul foydalanishi mumkinligi haqida 1-iyundagi hukumat majlisi bayonotida ko‘zda tutilgan. Bunda yo‘lovchilarning yoshi qanday aniqlanishiga oydinlik kiritilmagan.

“Toshshahartransxizmat” jamiyati axborot xizmati rahbari Muslima Obidovaning “Daryo”ga ma‘lum qilishicha, avtobuslar xizmatidan foydalanishda yosh toifasini belgilash bo‘yicha aniq yo‘riqnoma belgilanmagan.

“Ko‘rinishga qarab aniqlanishi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Agar qandaydir tushunmovchilik bo‘lsa, o‘zini 30 yoshga to‘lmaganini aytgan bo‘lsa, undan chiptachilar yo‘lkira uchun haq olmasliklari aytilgan”, — dedi Muslima Obidova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yoshlarga ko‘rsatilgan bepul xizmatlar uchun sarflangan xarajatlar Toshkent shahri hokimligi tomonidan qoplab beriladi.

Avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarga chegirma e‘lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »