Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors Asaka zavodidagi har yilgi rejalashtirilgan modernizatsiya ishlari avtomobil narxiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Asaka shahridagi UzAutoMotors zavodida amalga oshirilayotgan rejali modernizatsiya ishlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bunday modernizatsiya va profilaktika ishlari zavodda muntazam ravishda amalga oshiriladi va bu korxona faoliyatining narx bilan emas, balki texnik masalalari bilan bog‘liq.

Avvalroq UzAuto Motors Asakadagi zavodda avtomobil ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilishini, zavod modernizatsiya qilinib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishini ma’lum qilgandi. Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda modernizatsiya ishlari olib boriladi.

Jarayonda yangi uskunalardagi nosozliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va zavod infrastrukturasini yangilash ishlari bajariladi.

“Mazkur ishlar rejalashtirilgan va isteʼmolchilarga avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga taʼsir qilmaydi”, — degan kompaniya.

Avvalroq joriy yilning yanvar—may oylarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt (39 ming 264 dona) bo‘lgani xabar qilingandi. Keyingi o‘rinlarda Lacetti (27 ming 961 dona) va Damas (26 ming 815 dona) ishlab chiqarilgan.

Biroq mazkur avtomobillar sotuvda mavjud emas. UzAuto Motors 2022-yil 17-dekabrda Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvini to‘xtatgan. Kompaniya 2023-yildan Spark va Nexia o‘rniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini maʼlum qilgan.

Hozirda Tracker va Onix sotuvda mavjud. Ammo narxi 200 million so‘mdan yuqori bo‘lgan bu avtomobillar uchun navbat katta bo‘lib, to‘lov qilgan mijoz mashinasini olishni 1—1,5 yil kutishiga to‘g‘ri keladi.

Izoh

...

02.07.2023, 19:39

Жентрага шартнома качон чикишини билиб беринглар.Шарномани ёпилганига 7 ой булди. Аник маълумот олиш имкони бордир. Биз сурасак сайтларимизни кузатиб боринг дейишдан нарига утмайди булар. Рахмат !

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »