Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyoda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlovchi artistlar va ijrochi guruhlarni konsert berishlariga keng jamoatchilik keskin eʼtiroz bildirmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda ularning konsert berishlariga cheklov qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekistonda may oyida bo‘lishi rejalashtirilgan Zhara (talaffuzda “Jara” — “Daryo” izohi) xalqaro musiqa festivali jamoatchilikning keskin e’tirozidan keyin qoldirilgandi.

Bugun, 3-iyul kuni Madaniyat va turizm vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov kremlparast qo‘shiqchilarga O‘zbekistonda konsert berishi yoki aksincha cheklov qo‘yilishi bo‘yicha izoh berdi, deya xabar bermoqda "Daryo" muxbiri.

Bahodir Ahmedov
Foto: Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati
“Hamma narsaga chegara qo‘yish mumkin. Ammo sanʼat — chegarasiz soha. Bizga sanʼatni eʼzozlaydigan, hurmat qiladigan teatr, estrada yo‘nalishi bo‘yicha xonandalar kelmoqda. Ularga qaysidir mamlakatlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatiga hech qanday bog‘liqligi yo‘q. Qaysi davlatdan kelayotgan bo‘lsa, sanʼatni hurmat qilaman, xalqqa xizmat qilaman, sanʼatning cho‘qqisini ko‘rsataman, deb kelayotgan bo‘lsa va u haqiqiy sanʼatkor bo‘lsa, O‘zbekiston hech qaysi sanʼatkorga eshikni yopib, tambalab qo‘ygan joyi yo‘q. Kelyapti, sanʼatni namoyish qilyapti, olqishini olyapti, ketyapti”, — dedi Bahodir Ahmedov.

Vazir o‘rinbosarining taʼkidlashicha, konsertlardan tushgan mablag‘lar urushga yo‘naltirilishi haqidagi gaplar haqiqatdan yiroq.

O‘zbekistonda sanʼatga to‘siqning o‘zi yo‘q. Tinch yurtda yashayapmiz. Turkiy davlatlarning TURKSOY tashkilotidan qancha sanʼatkorlar tashrif buyurdi. Konsert qo‘yyapti, xalqning olqishini olyapti. Fotoko‘rgazmalar o‘tkazyapti.

Xalqimiz sanʼatsevar xalq. “Qaysidir pulni qayergadir ishlatayotgan ekan, buni bunday qilayotgan ekan”, degan fisq-u fasod gaplardan yiroq bo‘lish kerak. Gapirayotganning o‘zi shu gaplarni qo‘zg‘ash uchun harakat qilmoqda. Urushning kuni shu konsert puliga qolibdimi? Tinchlik tarafdorimi, tinch yursin.

Bitta ruxsatnoma beriladigan bo‘lsa, urushga taqaydi, boshqa narsa bo‘lsa, unga taqaydi. Faqat yaxshi niyatlar bilan, oliy niyatlar bilan harakat qilish kerak. Hamma narsaning yomonini emas, yaxshi tarafini o‘ylash kerak. Shu sanʼatkor shu yerga o‘z sanʼatini ko‘rsatish uchun kelibdi, deb baho berish kerak. Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi — orqada turadigan fisq-u fasoddan yiroqroq, ustunroq bo‘lishimiz kerak. Shunda maqsadimizga erishamiz. Maqsadimiz bitta — yoshlarimiz sanʼatga chanqoqmi, intilyaptimi, shuni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bizning siyosatimiz shu”, — dedi Bahodir Ahmedov.

Vazir o‘rinbosari qo‘shni mamlakatlarda urushni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlovchi sanʼatkorlarning konserti qoldirilishiga, “Yon qo‘shinlarni o‘zining siyosati, o‘zining dunyosi bor. Ular o‘zi uchun javob bersin, biz o‘zimiz uchun javob beramiz”, — deya izoh berdi.

Nega hamma festivalni o‘tkazishdan bosh tortmoqda?

Festivalda o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etadigan xonandalarning aksariyati rus shou-biznesi vakillari hisoblanadi. Ular orasida Grigoriy Leps, Filipp Kirkorov, Timati, Olga Buzova, Sergey Lazarev kabi Rossiyaning Ukrainadagi urushini ochiqdan-ochiq qo‘llaydigan qo‘shiqchilar ham bor. Shu sababli mezbon mamlakat fuqarolari ijtimoiy tarmoqlarda festivalga qarshi keng ko‘lamli virtual norozilik askiyalari uyushtirgan. Ularning fikricha, rossiyalik san’atkorlarning Qozog‘istondagi chiqishlari respublika “Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlashinibildiradi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »