Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hech kimga sir emaski, oddiy oilalarda tug‘ilgan ko‘plab mashhurlar muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko‘p kuch sarflashgan. Ba’zilar esa hech narsa qilishlari shart emasdi: ular o‘z karyeralarini boshlab olishlari uchun ota-onalari katta pul sarflashgan.

Timati

Foto: Woman.ru

“Janob Black Star, tilla bola, yo‘rgakdanoq hashamatda yashashga odatlangan” — Timatining mashhur “Klubda” hitidagi ushbu satrni eslaysizmi? Agar reper bu jumlani shunchaki qo‘shgan deb o‘ylasangiz, adashasiz: u o‘zi va badavlat oilasi haqida gapirgan. Timati hech qachon otasi juda badavlat tadbirkor ekanligini yashirmagan. Mashhur reperning otasi — Ildar Yunusov restoran biznesi bilan shug‘ullangani haqida mish-mishlar tarqalgan, shuningdek, uning biznesi neft ishlab chiqarish bilan bog‘liq deb ham taxmin qilishadi. Xonanda bu gaplarni tasdiqlamagan, lekin bu versiyalarni rad etmagan ham.

Foto: Woman.ru

Reperning oilasi unga juda ko‘p imkoniyatlar yaratib berganiga qaramay u otasiga mustaqilligini isbotlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bugungi kunda Timati nafaqat musiqachi, balki kiyim-kechak ishlab chiqarish, sartaroshxonalar va burger restoranlari tarmog‘ini rivojlantirish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanayotgan mamlakatning asosiy tadbirkori ham.

Keyt Middlton

Keyt Middlton oddiygina qiz bo‘lgan. U shahzodani o‘ziga maftun etib, Kembrij gersoginyasiga aylandi. Chiroyli so‘zlar, aslida esa unday emas: Keyt Middltonning ota-onasi millioner bo‘lgan.

Keyt Middlton onasi Kerol Middlton bilan
Foto: Woman.ru

Bo‘lajak malikaning onasi styuardessa bo‘lib ishlagan, otasi esa aviadispetcher bo‘lgan. Ketrinning otasi bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashgandan so‘ng, British Airways uchuvchisi bo‘ladi. Keyinchalik u rafiqasi bilan birga bayramlar uchun kerak bo‘lgan hamma narsani sotishga ixtisoslashgan Party Pieces kompaniyasini ochishga qaror qiladi. Korxona shu qadar muvaffaqiyatli bo‘ladiki, u oilaga katta daromad keltira boshlaydi. Shunday qilib, bo‘lajak gersoginya hashamat va farovonlikda o‘sadi.

Foto: Woman.ru

Ota-onasi Keytning o‘qishiga juda ko‘p pul sarflashadi. Middlton zodagon oiladan bo‘lmasa ham, uning xulq-atvori va ta’limi boshqa aristokratlardan qolishmasdi. Shunday qilib, Kembrij gersoginyasini bir vaqtlar “oddiygina ingliz qizi” bo‘lgan deyish adolatdan bo‘lmaydi.

Teylor Svift

Foto: Woman.ru

Ota-onasi Teylor Sviftning shaxs sifatida rivojlanishiga nafaqat bor mehrini, balki katta miqdorda pullarini ham sarflashgan. Zamonamizning eng muvaffaqiyatli qo‘shiqchilaridan biri eng yaxshi ta’lim muassasalarida tahsil olgan. Karyera haqida qaror qabul qilish vaqti kelganda mallasoch qiz xonanda bo‘lish istagini bildirganda dadasi unga ovoz yozish kompaniyasini sovg‘a qiladi.

Foto: Woman.ru

Big Machine Records’ni ochishdan oldin Skott Svift o‘sha paytdagi Amerikaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Merrill Lynch’da moliyaviy maslahatchi bo‘lgan. Svift xonim esa investitsiya fondining tijorat bo‘limini boshqargan. Bir so‘z bilan aytganda, Teylorning oilasi badavlat bo‘lgan.

Foto: Woman.ru

Xonanda ota-onasining ishonchini oqladi, oilaviy kapitalini sezilarli darajada oshirib, o‘z sohasida yuqori cho‘qqilarni zabt etdi. Hozirda uning o‘zi millioner, dadasi qiziga o‘sha ovoz yozish kompaniyasining ishi bo‘yicha foydali maslahatlar berib boradi.

Kristen Styuart

Foto: Woman.ru

Ota-onasining sharofati bilan Kristen Styuart beshikdanoq kino sanoatining nozik tomonlarini bilardi va tom ma’noda suratga olish maydonchasida ishlashga mahkum edi. Onasi aktrisa Jyul Man Styuartning ssenariy bo‘yicha bosh direktor va rejissor yordamchisi bo‘lgan. Otasi Jon ham rejissor, ham prodyuser bo‘lib ishlagan. Bir so‘z bilan aytganda, oila farovonlikda yashagan.

Foto: Woman.ru
Foto: Woman.ru

Kristen katta bo‘lgan uy Gollivud tepaliklarida joylashgan va deyarli 2 million dollarga baholangan. Styuart o‘zini hech narsadan cheklamaslikka odatlangani ajablanarli emas, albatta.

Foto: Woman.ru

Yillar o‘tib, Kristen mashhur “Sumerki” filmidagi roli tufayli dunyoga mashhur bo‘ldi va o‘zi 100 million dollardan oshiq boylik orttirdi.

Jennifer Eniston

Foto: Woman.ru

Jennifer Eniston aktyorlar oilasida tug‘ilgan va yoshligidanoq o‘z hayotini shu kasb bilan bog‘lashini bilardi. Bir vaqtlar mashhur bo‘lgan Jon Eniston va Nensi Dou qizi o‘z yo‘lini topib ketishi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishadi. Mashhur ota-ona qiziga baxtli bolalikni taqdim etishadi, unga eng yaxshi ta’lim berishadi, lekin ular mustahkam oilaga ega bo‘lisholmaydi: Jen 9 yoshga to‘lganda ota-onasi ajrashishadi.

Foto: Woman.ru

Ota-onasi ajrashgandan so‘ng Jen onasi bilan aloqani butunlay uzadi. Yillar o‘tsa ham yarashmaydi. Bundan tashqari, Nensi ochiqchasiga qizining nomini sotib, pul ishlashga harakat qiladi — qizi haqida hikoyalar yozilgan xotira kitob nashr etadi, hech nimani yashirmay intervyular beradi. Ona va qiz o‘rtasidagi munosabatlar Nensining o‘limiga qadar juda yomon bo‘lgan.

Foto: Woman.ru

Ota-onasining moliyaviy yordami bilan Jennifer muvaffaqiyatli kino karyera boshlashga muvaffaq bo‘lganini inkor etib bo‘lmaydi.

Anjelina Joli

Foto: Woman.ru

Jennifer Eniston singari Anjelina Joli ham badavlat aktyorlar oilasida tug‘ilgan va hech qachon muhtojlik nimaligini bilmagan. Bo‘lajak super yulduzning ota-onasi Marshelin Bertran va Jon Voyt qizi va o‘g‘li Jeymsdan hech narsani ayashmasdi.

Foto: Woman.ru

Qizig‘i shundaki, Joli va Enistonning taqdiri ham o‘xshash, chunki eng yaqinlari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan. Joli onasini juda yaxshi ko‘radi, lekin o‘smirlik davriga kirgunga qadar oilasini tashlab ketgan otasi bilan umuman kelisholmaydi.

Foto: Woman.ru

Oila farovonligi va karyerasidagi ilk muvaffaqiyatlari otasi bilan bog‘liq muammolar tufayli Jolini xursand qilmaydi. Keyinchalik ota va qiz yarashishadi. Ularning munosabatlari qanchalik yomon bo‘lmasin, aktrisa yorqin karyerasini yulduz otasi tufayli boshlaganini inkor etib bo‘lmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »