Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyada EveR-6 Android roboti orkestr dirijyori sifatida muvaffaqiyatli debyut qildi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Foto: “Pravila jizni”

Konsert 30-iyun, juma kuni kechqurun Seulda bo‘lib o‘tdi. Robot Koreya milliy orkestrining mahalliy xalq cholg‘u asboblarini chalayotgan 60 dan ortiq musiqachilarni boshqargan.

Sahna chiqishiga 950 ga yaqin tomoshabin tashrif buyurgan. Tomoshabinlar robot va orkestrni qarsaklar bilan kutib oldi, dirijyor robot esa konsertga kelgan insonlarga ta’zim qildi.

Konsert rahbari Chou Su Yolning so‘zlariga ko‘ra, eshitish qobiliyatining yo‘qligi robotning sezilarli kamchiligi, biroq uning harakatlari hayratlanarli darajada aniq.

“Biz insonlarni robotlar bilan almashtirmoqchi emasmiz, bu konsert insonlar va robotlar birga yashashi va bir-birini to‘ldirishi mumkinligini ko‘rsatadi”, — deydi Chou Su Yol.

Dirijyor robot Koreya sanoat texnologiyalari instituti tomonidan yaratilgan. EveR 6 robotining balandligi 1,8 m. Ommaviy axborot vositalari robot bo‘g‘inlar va bilaklarni taqlid qiluvchi egiluvchan konstruksiyalar bilan jihozlangani haqida yozgan.

Robot musiqachilarni mustaqil ravishda ham, dirijyor bilan birga boshqara oladi. Yaqin kelajakda robotni takomillashtirish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »