Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastin Isroilning Jeninda boshlagan “aksilterror” operatsiyasi munosabati bilan chaqirilgan favqulodda hukumat yig‘ilishidan keyin Isroil tomoni bilan barcha aloqalarni uzishi haqida ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha berilgan bayonotda falastinliklarning o‘zini himoya qilish huquqi yana bir bor tasdiqlandi. Falastin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, undan:

  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida Isroil tomonidan aholi punktlari qurilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaning ijrosini;
  • Falastin xalqini xalqaro darajada himoya qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining ijrosini;
  • bir tomonlama choralarni to‘xtatishni;
  • Tel-Avivga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni talab qilmoqchi.

Bundan tashqari, Falastin Isroilning BMTdagi a’zoligini tugatishni so‘ramoqda.

Yig‘ilishdan so‘ng Falastin rahbariyati Isroil va falastinliklar o‘rtasidagi keskinlikni to‘xtatish maqsadida 2023-yilda Aqaba va Sharm ash-Shayxda tuzilgan kelishuvlar Tel-Aviv tomonidan buzilgani, shu sababli ular o‘z kuchini yo‘qotganini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, Falastin tomoni Vashington bilan munosabatlarni cheklashga qaror qildi. Mamlakat, shuningdek, Balfur deklaratsiyasi bo‘yicha AQSH va Buyuk Britaniyani sudga berish, ulardan uzr va tovon talab qilishni rejalashtirmoqda.

Balfur deklaratsiyasi — 1917-yilning 2-noyabrida Buyuk Britaniya TIV rahbari Artur Balfurning lord Uolter Rotshildga yo‘llagan rasmiy maktubidir. Unda Falastin hududida yahudiylar uchun yer ajratish maqsadi keltirilgan. Bir necha oylardan keyin bu deklaratsiyani Fransiya, Italiya va AQSH qo‘llab-quvvatlaydi, 1920-yilning 24-aprelida deklaratsiya tasdiqlanadi.

2-iyul kuni Isroil armiyasi Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Falastinning Jenin shahrida yirik harbiy operatsiya boshladi. Armiya o‘ndan ortiq aviazarbalar uyushtirib, kuchlarini qirg‘oq shimoliga yo‘naltirdi. Isroil armiyasi bosh matbuot kotibi Daniel Xagarining aytishicha, hozirda operatsiya Jenin shahrida o‘tkazilmoqda, biroq keyinchalik u boshqa shaharlarga, xususan, Jenin bilan chegaradosh Samariyaga ham ko‘chishi mumkin.

Isroil harbiylarining aytishicha, 3-iyul oqshomiga kelib, amaliyot chog‘ida halok bo‘lgan falastinliklar soni 10 nafarga yetgan. Qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Jenindagi qochqinlar lageridan 500 dan ortiq falastinlik oilalar evakuatsiya qilinmoqda, deb maʼlum qildi Qizil yarim oy jamiyati vakili Ahmad Jabril. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar 70 dan ortiq yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatgan, ulardan 20 nafarining ahvoli og‘ir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »