Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistoning So‘g‘d viloyatida yashovchi 15 yoshli qiz 3-iyul kuni kechqurun Sirdaryodagi taqiqlangan joyda cho‘milayotgan vaqtda cho‘kib ketdi. 

Foto: Sugdnews

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilardan iborat navbatchi guruh yuborilgan.

“Qidiruv ishlar olib borilgandan so‘ng qizning jasadi topilib, huquq-tartibot idoralariga topshirilgan”, — deydi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi.

O‘tgan kun davomida Tojikistonning qator hududlarida sel oqimlari qayd etilgan.

3-iyul kuni So‘g‘d viloyatining Vodif qishlog‘ida loy-tosh massasi aholi punktlariaro yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Tog‘ cho‘qqilarida jazirama va qor erishi tufayli suv omborlarida suv sathi ko‘tarilgan.

“Oqibatda Vodif qishlog‘i sayozidagi suv qirg‘oqlaridan oshib ketgan. Loy-tosh massasi Vodif, Dexavz va Dehisor qishloqlaridagi aholi punktlariaro yo‘llarni to‘sib qo‘ygan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »