Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Qambarota GES-2 ning 30 megavatt quvvatini mamlakat sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevga aloqador xususiy kompaniyaga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Kloop tegishli surishtiruvni e’lon qildi. 

Foto: Regnum

Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov davlat energetika aktivlarini boshqaruvchi “Elektr stansiyalari” davlat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga tegishli taklifni bergan. Ya’ni Qambarota GES-2 infratuzilmasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni tendersiz “MBT Stroy” bilan shartnoma tuzish evaziga amalga oshirishni bildirgan.

Mazkur noma’lum xususiy kompaniya bir yil oldin ro‘yxatdan o‘tgan. Bu Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-iyundagi 303-son qarorida ko‘rsatilgan.

Kompaniyaning o‘zi 30 megavatt quvvatga ega elektr energiyasidan ishlab chiqarish darajasidagi tarifda foydalanadi. Bu mayning va aholi tomonidan cheksiz foydalanish uchun belgilangan amaldagi tariflardan past bo‘lishi mumkin.

Kompaniya axborot-hisoblash blokini energiya bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish huquqini beradi. Katta ehtimol bilan, gap kriptovalyuta mayningi haqida ketmoqda.

“MBT Stroy” egasi Qirg‘izistonning qochoq prezidenti Qurmanbek Bakiyevga aloqador bo‘lishi mumkin. Jurnalistlarga bergan intervyusida kompaniya asoschisi Aleksey Zaytsev “MBT Stroy” mayning kompaniyasi emasligini aytdi, biroq u mayning bilan shug‘ullanadimi yoki yo‘qmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlik kirituvchi savolga javob berishdan bosh tortdi.

U investitsiyalar hajmi, elektr energiyasi narxi va hokimiyatdan ag‘darilgan prezident bilan aloqalar haqidagi savollarga ham javob bermadi.

Energetika sohasi mutasaddilari kelajakdagi loyiha haqida izoh bermagan. Shu bilan birga, Qirg‘izistonda elektr energiyasining keskin taqchilligi kuzatilayotganini, bu esa qo‘shni davlatlar importi hisobiga qoplanishi ta’kidlangan.

  • Bakiyev 2010-yilda davlat to‘ntarishi natijasida ag‘darilgan.
  • Siyosatchi Qirg‘izistonni tark etgan va hozir Belarusda.
  • U allaqachon Qirg‘izistonda mol-mulki musodara qilingan holda 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
  • Bishkek Minskdan Bakiyevni ekstraditsiya qilishni bir necha bor talab qilgan, biroq har safar so‘rov rad etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »