Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekranda rollarni qoyilmaqom ijro qilishi va qo‘shiq kuylashi bilan muxlislar qalbidan joy olgan san’at vakillaridan kimlar boshqa tillarda ham so‘zlasha olishi mumkinligi haqida quyida ma’lumot beriladi.  

Natali Portman

Ivrit, ingliz, fransuz tilidan tashqari yapon, nemis va ispan tillarida ham gaplasha oladi. Garvard universitetini tamomlagan aktrisa bir nechta ilmiy ishlarni yozishni ham uddasidan chiqqan. Pol Makkartnining klipida esa u imo-ishora tilida gaplashishni ko‘rsatib bergan. Aktrisa: “Men o‘qishni yomon ko‘raman, o‘qishni yoqtirmayman. O‘rganishni yaxshi ko‘raman, o‘rganish bu — ajoyib”, degan.

Foto: “Yandeks.ru”

Tom Xiddlston

Tom ingliz, ispan, fransuz va grek tilida gaplasha oladi. Xalqaro intervyularda Xiddlston jurnalistlardan muloqot qilish uchun qaysi til qulayligini so‘raydi. Ayrim rollarda aktyorlar boshqa tilda ravon gapirishi kerak bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda Tomga qiyin bo‘lmaydi.

Foto: “Yandeks.ru”

Jennifer Lopes

Jennifer Lopes ikki tilda gaplashadi va qo‘shiq kuylaydi. U muntazam ravishda ispan tilida singl va albomlar taqdim qiladi. Qizig‘i, bunday ijod namunalari AQSHda ingliz tilidagi variantlardan ko‘ra ko‘proq mashhurlikka erishadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Shakira

Shakiraning qo‘lidan qo‘shiq kuylab, raqsga tushishdan boshqa narsa kelmaydi deb o‘ylaganlar yanglishadi. 5 yoshidan she’r yozgan xonanda bir necha marta adabiyot bo‘yicha mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u ispan, ingliz, portugal, italyan va katalon tillarida bemalol, fransuz va arab tilida esa qisman gaplasha oladi. UNICEF’ning ko‘ngilli elchisi sifatida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan kampaniyalarda ishtirok etadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Sharliz Teron

Janubiy Afrikada dunyoga kelgan aktrisa ona vatani uchun foydali ishlar qilishdan to‘xtamaydi. Ingliz tilidan tashqari u afrikan tilining 26 ta shevasida gaplasha oladi. Aktrisaning bank xodimi bilan ingliz va afrikan tilida bahslashgani kinodagi karyerasining boshlanishiga sabab bo‘lgan. Ikkita tilda gaplashayotgan qizni ko‘rgan iste’dodlarni qidiruvchi agent unga suratga tushishni taklif qilgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »