Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

O‘zbekiston Yaponiya bilan 2,2 million dollar qiymatidagi kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati

Unga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yaponiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yaponiya hukumati tomonidan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida moliyalashtirilayotgan mazkur loyiha doirasida, Yaponiyaning taniqli universitetlarida 390 nafar O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayni paytdagi bosqichida mamlakat taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shayotgan vazirlik va idoralar vakillari tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi. Ularning barchasi O‘zbekistonga magistrlik va doktorlik darajasi bilan qaytib, hozirda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda. 

“Loyiha doirasida iqtisodiy iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, davlat moliyasini boshqarish, biznesni boshqarish, huquq, tibbiyot, ta‘lim, qishloq va suv xo‘jaligi resurslarini rivojlantirish yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi. Mamlakatning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlash uchun iqtisodiyotning aynan shu sohalari yuqori malakali kadrlar talab etiladi”, — dedi vazir.

Muhokamalarda, shuningdek kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida, xususan qo‘shma loyiha doirasida O‘zbekiston fuqarolarining Yaponiya universitetlarida magistratura va doktoranturada tahsil olishi haqida so‘z bordi. Ibrohim Abdurahmonov uchrashuvda Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Takashi Hatori va JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumiga O‘zbekistonda taʼlim rivojiga qo‘shayotgan hissasini qadrlagan holda samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng, tomonlar o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Dastlab, O‘zbekiston hukumati nomidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rtasida 2,2 million dollar qiymatidagi kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari doirasida almashinuv notasi hamda ushbu loyihani bajarish bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan Grant bitimi imzolandi. 

Ushbu loyiha doirasida kelasi yilda yana 18 nafar magistraturada va 1 nafar doktoranturada vazirlik va idoralar vakillariga o‘qish imkoni yaratilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston kelajagiga mas‘ul kadrlarga mamlakat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlarni egallash hamda uni rivojlantirishga hissa qo‘shish imkonini beradi. 

Yig‘ilish yakunida tomonlar ushbu kelishuv Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishini ta‘kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »