Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Qoranko‘l” mahallasida joylashgan xonadonlarga o‘t ketdi. To‘rtta xonadonning 2 tasi butkul yonib kulga aylangan bo‘lsa, 2 ta xonadon qisman yongan. “Daryo” jurnalisti uyi yongan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Aniqlik kiritilishicha, voqea 2023-yilning 1-iyul kuni tonggi 04:00 da sodir bo‘lgan.

O‘sha kuni g‘aflat bosdimi, telefonim “budilnig”i jiringlasa-da, o‘chirib, yana besh daqiqa uxlay debman-da. Shundan so‘ng 5 daqiqa yotdimmi yoki 10-15 daqiqami bilmayman, tonggi 4 lar atrofi ekan o‘g‘lim “Oyi turing, turing, pastdagi uyimiz yonib ketdi”, dedi. O‘rnimda turib, hovliga yugurib chiqsam, qo‘shnimiz uyidagi “pekarniy”dan olov yonib, osmonga tutun ko‘tarilayotgan ekan. Uyga yugurib kirib, nabiramni izlay boshladim. Ko‘zimga hech narsa ko‘rinmadi, faqat nabiramni izladim. Keyin bilsam, nabiramni kelinim oyoqyalang yugurib, ko‘chaga olib chiqqan ekan. Ko‘chaga chiqsam, kelinim nabiramni olib, u yoqdan bu yoqqa yugurib, yordam so‘rab yuribdi, — deydi uyi yonib kul bo‘lgan Anarjon O‘sarova.

Anarjon O‘sarova viloyat hokimi bilan suhbatlashmoqda.
Foto: “Daryo”

Suhbatdoshning aytishicha, yong‘in paytida u va kelini qo‘rqqanidan hushini yo‘qotgan.

Ko‘chada kelinim hushidan ketib qoldi. Keyin men yiqilib tushdim. So‘ngra bir qo‘shnimiz kelib, hammaga xabar berdi va barchani yordamga chaqirdi. Qo‘ni-qo‘shnimga, elimga ming rahmat. Viloyat hokimiga ham rahmat, — deydi suhbatdosh.

Suhbatdoshning taxminicha, olov qo‘shni xonadondan chiqqan.

Olov qo‘shninikidan chiqqan. Uning “pekarniy”si bor edi. Qo‘shnim esa sening uyingdan chiqqan dedi. Menda olov chiqadigan narsa yo‘q. Yong‘in bizni xonavayron qildi”, — deydi u.

Anarjon O‘sarovaning turmush o‘rtog‘i Hasan O‘sarovning aytishicha, yongan uyi 8 xonali bo‘lgan.

Ertalab azonda yong‘in chiqqach, uydan hammani ko‘chaga olib chopdik. Xalqimiz, o‘t o‘chirish mashinalari yordamga kelib, ko‘mak berishdi. Baraka topishsin, — deydi Hasan O‘sarov.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev uyi yongan fuqarolar bilan uchrashish maqsadida Bo‘stonliq tumanining “Qoranko‘l” mahallasiga bordi.

Foto: Nozim Abdulla
Yong‘in sodir bo‘lgan kuni menga tuman hokimi telefon qilib, voqea haqida aytdi. Muhimi hech kimga zarar yetmabdi. Shunisiga shukr — qolgani bo‘ladi. Hech qanday muammo bo‘lmaydi. Yangi, zamonaviy uylar qurib beriladi, — dedi viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

Viloyat rahbarining maʼlumot berishicha, uyi butkul yongan xonadon vakillariga viloyatdan 20 million so‘m, tumandan 15 million so‘m, jami 35 million so‘mdan yordam berilgan. Uyi qisman yongan xonadon vakillariga esa 16 million so‘mdan yordam puli berilgan.

Foto: “Daryo”

Aniqlanishicha, uyi butkul yongan xonadon vakillaridan biriga konteyner uy berilgan bo‘lsa, yana bitta xonadon vakillari yaqin qarindoshlarining uyida istiqomat qilmoqda.

Uyi butkul yongan xonadon vakillariga berilgan konteyner uy.
Foto: “Daryo”
Uyi butkul yongan xonadon vakillariga berilgan konteyner uy.
Foto: “Daryo”

Hashar qilib, imkon qadar yordam berishimiz kerak. Uyni bitkazib, xonadon vakillari uyiga ko‘chib kirishi kerak. Bo‘lishi kerak bo‘lgan falokat ekan, mayli, muhimi hech kimga zarar yetmabdi. Bundan tushkunlikka tushish kerak emas. O‘zimiz shaxsan borib ko‘raylik dedik. Bu ish shaxsan nazoratimda bo‘ladi. Hammamiz birgalashib, hashar qilib, zamonaviy uy qurib beramiz, — dedi Zoir Mirzayev xonadon vakillari bilan suhbatlashar ekan.

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, tumandagi barcha tashkilotlar hasharga qo‘shilib, fuqarolarga yangi uylar qurish uchun yoppasiga harakatga tushgan.

Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedov viloyat hokimiga ma’lumot bermoqda.
Foto: “Daryo”
Shag‘al, shebenni muammosiz yetkazib beramiz. Tuman avtoyo‘l tashkiloti ham texnikasi bilan yordam beryapti. Barchasini birgalashib qilamiz. Maishiy texnikalarni ham o‘zimiz olib beramiz, — deydi Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedov.

Toshkent viloyati hokimi uyi yongan xonadon bekasi Anarjon O‘sarovaning ko‘nglini ko‘tarar ekan “Davlatimiz rahbari qo‘limizga pul berib qo‘ygan. Puldan muammo yo‘q, qilamiz barchasini. O‘tgan yili Bo‘kada 24 ta xonadonni sel olib ketgandi. Barcha xonadon egalariga yangi uy qurib berdik. Hech kimni muammolari bilan yolg‘iz qoldirmaymiz”, — dedi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »