Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktumning Yevropada katta bo‘lgan grek qizi borligini ko‘pchilik bilmaydi. Keyinchalik qiz BAAdagi hayotni tanlagan va islomni qabul qilgan. Shu yilning yozida esa arabistonlik tadbirkorga turmushga chiqdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

1993-yilda Muhammad grek ayol Zoya Grigorakosga uylanadi. Aftidan, shayx uni ikkinchi xotini qilish niyatida bo‘lmagan — u 1979-yildan beri amakivachchasi Hinda bilan nikohda bo‘lgan. Mish-mishlarga ko‘ra, Muhammad yevropalik ayol bilan mut’a — islomning sunniy mazhabida ruxsat etilgan vaqtinchalik nikoh tuzgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

1994-yilda ularning qizi Kristina dunyoga keladi va tez orada Zoya chaqalog‘i bilan Yevropaga qaytib ketadi. Avvaliga Kristina onasi bilan Londonda yashaydi, keyin Gretsiyaga ko‘chib o‘tishadi. Qiz nasroniy bo‘lib o‘sgan va Yevropa an’analari bo‘yicha tarbiyalangan, ammo Muhammad qizini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Shayxning grek qizi 16 yoshida Dubayga ko‘chib o‘tadi. Islomni qabul qilib, Mara ismini oladi, shundan so‘ng otasi unga qirollik unvonini beradi. Shunday qilib, Kristina shayxa Mara bintu Muhammad ibn Rashid al-Maktumga aylanadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Qizig‘i shundaki, Mara o‘gay opa-singillari malikalar — Latifa va Shamsa bir umr orzu qilgan ishning teskarisini qiladi, ular aksincha Dubaydan Yevropaga qochishga harakat qilishadi. Malikalarning dramatik hikoyalari jahon matbuotida qizg‘in muhokama qilinadi.

Mavzuga doir: Hashamatli hayot yoki uy qamog‘i: arab shayxlarining qizlari qanday yashaydi?

Mara ijtimoiy tarmoqlarda faol — sahifalarida o‘z hayotida nimalar bo‘layotganini baham ko‘radi. Qiz milliy kiyimda suratga tushishni yaxshi ko‘radi, lekin kiyinish qoidalariga qat’iy rioya qilmaydi. Misol uchun, Mara sochlarini yashirmaydi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Bir necha yil oldin shayxning qizi Sharqning eng go‘zal qizlari 10 taligiga kirgandi. 2023-yilda esa 29 yoshli Mara Dubay hukmron oilasi vakili, o‘zining uzoq qarindoshi bo‘lgan shayx Mana al-Maktumga turmushga chiqdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mavzuga doir: Sharqning eng go‘zal kelini: Dubay hukmdorining sohibjamol qizi shayxa Mara turmushga chiqdi (foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »