Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bundan 40 yil ilgari Buxoro viloyatida O‘zbekiston tarixidagi rekord darajadagi issiq harorat kuzatilgan. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatov Telegram’dagi kanalida maʼlum qildi.

Foto: Uzb_meteo / Telegram

1983-yilda Buxoro viloyatida respublika tarixidagi rekord harorat, +49,9 darajali issiq kuzatilgan. 1914-yilda esa Surxondaryo viloyati Termiz sharida +49,6 daraja issiq bo‘lgan. 

Toshkent shahrida esa 1997-yil 18-iyulda termometr ustunchasi +44,6 daraja issiqni qayd etgan. Bu o‘sha davr uchun so‘ngi 160 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori, rekord darajadagi issiq haroratdir.

Yaqinda BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti “Tinch okeanining tropik qismida yetti yil ichida birinchi marta ‘El-Ninyo’ sharoiti yuzaga kelganini” eʼlon qildi. Bu esa global haroratning keskin oshishi va ob-havo bilan iqlimning halokatli sharoitlariga zamin yaratadi. “El-Ninyo” Tinch okeani markaziy va sharqiy tropiklarida suv yuzasidagi haroratning ko‘tarilishi bilan bog‘liq iqlim rejimi hisoblanadi. Mazkur hodisa 2-7 yilda bir marta sodir bo‘lib, 9 oydan 12 oygacha davom etadi.

“Toshkent shahrida rekord darajadagi eng issiq harorat aynan o‘tmish El-Ninyo davrida kuzatilgan ekan” — deb yozadi Erkin Abdulahatov.

Olimning qo‘shimcha qilishicha, Nukusdagi eng yuqori havo harorati 2002-yil avgust oyida kuzatilgan bo‘lib, issiqlik +46,8 darajagacha ko‘tarilgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »