Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi. Bu haqda Akipress xabar berdi.

Foto: “TASS”

Konsert 2-avgust kuni Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tishi kerak edi. Konsert tashkilotchilari tadbir bekor qilinganini ma’lum qildi.

Bungacha Grigoriy Lepsning 8-iyul kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti bekor qilingandi. Bunga rossiyalik qo‘shiqchining urushni qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lgan.

Jumladan, Leps Ukraina armiyasi tankini ishdan chiqargan har bir kishiga bir million rubl to‘lashni va’da bergan. 4-iyul kuni u Ukraina harbiylari foydalanayotgan nemis Leopard tankini yo‘q qilgan askarni pul bilan mukofotlagan.

O‘z navbatida, o‘zbekistonlik ko‘plab faollar ham Grigoriy Lepsning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 23-oktabrdagi konsertiga qarshilik bildirmoqda, biroq hozircha tadbir bekor qilingani yo‘q.

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov kremlparast qo‘shiqchilarga O‘zbekistonda konsert berishi yoki aksincha cheklov qo‘yilishi bo‘yicha izoh bergandi. U O‘zbekistonda sanʼatga to‘siqning o‘zi yo‘qligi, konsertlardan tushgan mablag‘lar urushga yo‘naltirilishi haqidagi gaplar haqiqatdan yiroqligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »