Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O’zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi rejalarini ma’lum qildi.

Nomzod pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantirilishini aytdi.

Jumladan, kelgusi o‘quv yilidan:

  • bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;
  • magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
  • kadrlar yetishmaydigan, ta’lim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi.

“Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yamiz. Pirovardida, 2030-yilga borib bog‘cha tarbiyachisi ham, maktab o‘qituvchisi ham faqat va faqat oliy ma’lumotli bo‘ladi”, – dedi nomzod.

Shavkat Mirziyoyev yoshlarni talabalikka qabul qilish tizimini o‘zgartirishga oid rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Endi yoshlarimizning maktabda o‘qigan baholarini ham inobatga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz. Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xabaringiz bor, xorijiy tillardan xalqaro sertifikati bor abituriyentlarga chet tili bo‘yicha imtihon topshirmaslik imtiyozini bergan edik. Endi, bu imtiyozni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikati bor yoshlarga ham tatbiq etamiz”, – dedi nomzod.

Bundan tashqari, davlat grantlari bilan bir qatorda, ish beruvchilar va oliygohlar tomonidan grantlar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Misol uchun, yiliga 100 milliard so‘m “oborot” qilayotgan korxona o‘ziga zarur 30 nafar yosh mutaxassis uchun grant ajratsa, yiliga o‘rtacha 300 million so‘m xarajat qiladi. Faoliyat turiga qarab, korxonalar ushbu xarajati doirasida 30-35 million so‘m soliq to‘lashi kerak.

“Endi, korxonalar va oliygohlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirgan mablag‘lari soliq bazasiga kiritilmaydi. Shunda, ish beruvchilar o‘rtasida iqtidorli yoshlarni jalb qilishga kurash, oliygohlarda sifat uchun raqobat kuchayadi”, – dedi nomzod.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »