Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida qarzdor korxonaning 3 ta maxsus mashinasi sotuvga chiqarildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: MIB axborot xizmati

Unga ko‘ra, Oltinsoy tuman “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi tumanda belgilangan bir qancha loyihalarni amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan o‘zaro shartnomalar asosida bajarilgan ishlarni qabul qilib olgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmaydi. Ushbu masala sudlarda ko‘rib chiqilib, tadbirkorlar foydasiga jami 1 milliard 536 million so‘m qarzdorlik undirilishi belgilandi.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Oltinsoy tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi. Qarzdor unitar korxonaning barcha hisob raqamlariga band solinib, mol-mulklari ko‘zdan kechirildi. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus auksion savdolarida 255 million so‘mga sotilib, qarzdorliklarni qoplashga yo‘naltirildi. 

Shuningdek, 3 ta maxsus transport vositalari xususan, “ZIL MMZ” 46 million so‘m,  Sinotruk Golden Prince yuk avtotransporti 383 million so‘m va JCB 3DX Super ekskavator-yuklagich maxsus texnikalari 451 million so‘m boshlang‘ich narxlarda auksion savdolariga chiqarildi. Auksion savdolaridan tushgan mablag‘lar tadbirkorlarga teng taqsimlab beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »