Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayol istiqomat qilib kelgan uyda gaz portladi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

Ma’lum qilinishicha, 4-iyul kuni Istanbul shahri Chekmekoy tumani “Chamlik” mahallasida 4 qavatli binoning 1-qavatida istiqomat qilgan uyda tabiiy gaz portlashi natijasida tanasining maʼlum qismi kuyishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.Gulomova Istanbul shahar shifoxonasiga olib borilgan.

Bosh konsulxona tomonidan Chekmekoy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shifoxona xodimlari bilan aloqa o‘rnatilgan. O‘zbekiston fuqarosi hozirgi vaqtda jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar o‘limi

May boshlarida Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahridagi qurilishda o‘zbekistonlik erkak halok bo‘lgandi. Shuningdek, Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘lgani, Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro parda tikadigan mashina orasida qisilib qolishi oqibatida vafot etgani, Rossiyadagi uyda yuz bergan yong‘inda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »