Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini kamida 5 yilga uzaytirish kerak. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov Twitter‘dagi sahifasida fikr bildirdi.

Otabek Bakirov
Foto: Markaziy bank

Iqtisodchining yozishicha, hozirgi tizim yuklamani boshqa ko‘tara olmaydi. 

“Pensiya yoshi kamida 5 yoshga ko‘tarilishi kerak. Hozirgi tizim yuklamani boshqa ko‘tara olmaydi. Individual jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga o‘tilmasa, bu ham yordam bermaydi”, — deb yozadi mutaxassis.

Ayni paytda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4,5 million kishiga yaqinlashgan.

2023-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini maʼlum qilgan.

“Tashqi qarzning 3 milliard dollardan ortiq qismi budjetni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Masalan, bu yilgi ikkita yirik xarajatdan biri – pensiya Jamg‘armasiga beradigan transfertimiz 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Sababi aholi faollik bilan soliq to‘lashga kirib kelmayapti. Ko‘pchilik oylikni yashiradi, soliq to‘lamaslikka harakat qiladi va oylikni past ko‘rsatadi. Shuning hisobiga pensiyaning taqchilligi katta bo‘lyapti”, — degan vazir o‘rinbosari.

Avvalroq O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan pensiyaga chiqish yoshi pastroq ekani xabar qilingandi. Xususan, 2023-yil iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun pensiya yoshi — erkaklarga 60 yosh, ayollarga 55 yosh etib belgilangan.

Qozog‘istonda erkaklar 63 yoshdan, ayollar 61 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin. Qirg‘izistonda ham erkaklar uchun pensiya yoshi 63 yosh, ayollarga esa 58 yosh etib belgilangan. Tojikistonda erkaklar 63 yoshdan, ayollar 58 yoshdan pensiyaga chiqsa, Turkmanistonda erkaklar 62 yoshdan, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonning davlat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning 5 foizi pensiya yoshidagilar hisoblanadi.

Izoh

Eldor

09.07.2023, 11:44

Oʻzbek xalqi ogʻir mehnatlar ortidan keyin ham rohatda yashay olmas ekanda. Oʻzi koʻpchilik insonlar pensiya yoshiga yetmasdan oʻlib ketishadi. Bu taklif kimningdir oʻzini davlat mansabdorlariga yoki toʻgʻridan toʻgʻri Prizidentga oʻzini koʻz koʻz qilib, yaxshi koʻrinish emasmi.

Shohruh Obidov

08.07.2023, 17:22

Pnsiya yoshini kotarilsa biz yoshlar o'lib ketamizakanda ish qidirib, Shundogam pensiya yoshidagilar ish bergani yo'q. Masalan, men o'qituvchiman. Tizimni yaxshi tushunaman. Pensiya yoshini kotarish bilmadim qanaqa bolarkin ammo, men bilgan ustozlar endi pensiyaga chiqib pensiya pulini ham ololmay bu dunyoni tark etdilar.

Жасур

08.07.2023, 16:52

Жонга тегдику манашу билагон

Choriyev Jurabek

08.07.2023, 16:51

Sizlar qayerdan olyapsizlar bunday gaplarni masalan neftgaz soxasida geofiziklar texnik xodimlar bor yoshi 50 ga bormasdan charchab bolyapti qishni qish demasdan yozni yoz demasdan kechayu kunduz ishlaymiz ishimiz oĝir shunga yarasha na oylik bor na sharoit toĝri sizlar chiqsalariz bõladi 70 yoshdanmi 75 yoshdanmi pensiyaga xar tomonlama õylab kõrizlar bujjerdan kõp pul ketayotgan bõlsa kamroq yiyish kerak

Asad

08.07.2023, 16:27

O'zi bir narmalni xalqni o'ylaydigan deputatlaram bormi a

Asad

08.07.2023, 16:26

Ha shunday qilinglar qariyalar 70yoshgacha ishlasin yoshla ishga kirolmay Rossiyada yursin yillab kelajak yoshlar qo'lida bosinglar O'zbekiston kelajagi buyuk juda buyuk......

EXPLORER

08.07.2023, 13:09

Lekin pensiya yoshining oshirilishi yangi va yosh kadrlarni kirib kelishini qiyinlashtiradi. Chunki ish beruvchi doim ish stajiga ega kadrni yosh tajribasiz kadrdan ustun qoʻyadi. Soʻng yoshlar chetga keta boshlaydi. Bu esa mehnat resurslarini kamayishiga olib kelishi mumkin .

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »