Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Oliy sudi “Toshkent metallurgiya zavodi”(TMZ) ta’sischilaridan Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan, jami TMZ aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lgan Metalloinvest Holding (Cyprus) Limited (41,87 foiz) va Miramonte Investments Limited’ni (8,23 foiz) chiqarib tashladi. Sud qarori iyun oyi oxirida kuchga kirdi. 

Foto: “Toshkent metallurgiya zavodi”

Metalloinvest (USM tarkibiga kiradi, xolding aksiyadorlaridan biri Alisher Usmonov) o‘z tuzilmalari TMZ ta’sischilaridan chiqarilishini tasdiqladi. Sud qaroriga ko‘ra, 2022-yilda “Toshkent metallurgiya zavodi” 316,8 milliard so‘m miqdorida zarar ko‘rgan. 2017—2022-yillar uchun to‘plangan zarar esa 916,92 milliard so‘mni (79,5 million dollarga yaqin) tashkil etadi. Metalloinvest o‘tgan yilning aprel oyida TMZ kapitaliga kirgan.

Zavodning moliyaviy holatini yaxshilash uchun aksiyadorlar yig‘ilishini o‘tkazish kerak, ammo kompaniyalar zavod faoliyatida ishtirok etishdan, shu jumladan, kompaniya ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishlarida qatnashishdan bosh tortmoqda.

AQSH Moliya vazirligiga ko‘ra, Miramonte Investments Limited ham Usmonovga aloqador. Kompaniya o‘tgan yildan beri TMZ faoliyati bilan shug‘ullanmaydi va unga yuborilgan xatlar javobsiz qolmoqda.

Sudga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (TMZning qolgan 49,9 foiziga egalik qiladi) murojaat qilgan. U suddan investorlarni korxona faoliyatida ishtirok etmayotgani sababli ta’sischilar ro‘yxatidan chiqarishni so‘ragan.

Jamg‘arma milliarder bilan bog‘liq tuzilmalarga qarshi sanksiyalardan so‘ng deyarli 80 million dollar zarar va to‘lanmagan kredit bilan qolib ketgan, shuning uchun korxonani moliyaviy tiklash uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.

Metalloinvest Holding (Cyprus) Limited va Miramonte Investments Limited kompaniyalari zavod aktivlarining nazorat paketiga egalik qilishi va qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinishi lozimligidan kelib chiqib, ularning umumiy yig‘ilishda ishtirok etmasligi yig‘ilish o‘tkazish uchun kvorum yetishmasligi, yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha qaror qabul qilishning imkonsizligiga olib keladi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqiladiki, javobgarlarning harakatsizligi moliyaviy tiklanish masalalari bo‘yicha jamiyat uchun muhim qarorlarni qabul qilishni imkonsiz qiladi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarishni va jamiyat faoliyatini amalda imkonsiz qiladi”, — deyiladi sud qarorida.

Metalloinvest vakilining “TASS”ga aytishicha, kompaniya TMZ ishtirokchilari tarkibidagi o‘zgarishlardan xabardor.

7-iyul kuni Toshkent metallurgiya zavodi kompaniya ishtirokchilari tarkibidagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish barqarorligiga va kreditorlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyatiga ta’sir qilmasligini va TMZ 2026-yildan boshlab “tasdiqlangan reja” asosida daromad olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Bankrotlikning oldini olish chora-tadbirlari orasida Rossiyaning International Financial Technologies XXI kompaniyasidan 24 oy muddatga 1,5 milliard rubl miqdorida kredit olish taklif etiladi. Zavodning mulki garovga qo‘yilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »