Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyatining Chust tumani hokimi Bekzod Hamdamov nomaʼlum suhbatdoshini tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqorat qilgani eshitilgan audioyozuv tarqaldi. Bu ovoz Telegram’dagi “Mushtum” jurnali rasmiy kanalida eʼlon qilingan.

Chust tumani hokimi Bekzod Hamdamov.
Foto: Chust tumani hokimligi axborot xizmati

Hokim ekanligi aytilayotgan ovoz egasi suhbatdoshini tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlab, “nimaga front yo‘q”, deb so‘raydi. Shuningdek, u haqoratini davom ettirib, “nimaga 40 tonna o‘radi”, deya so‘raydi.

Suhbatdoshini haqoratlashda davom etgan ovoz egasi muammoni unga aytishmaganini bildirib, Aʼzam ismli kishi bilan gaplashganidan so‘ng, voqea haqida bilganini qo‘shimcha qilgan. U, shuningdek, kimnidir “alkash” deb ham atagan.

Chust tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Dostonbek Sobirov “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob berar ekan, ovoz hokimning ovoziga o‘xshamayotganini, qolaversa, bu montaj bo‘lishi mumkinligini aytib, hokim bunday so‘kinishi mumkinligini rad etmoqda.

“Bu bo‘yicha biz raddiya ham beramiz”, — deydi hokimning matbuot kotibi.

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanov hududdagi mahalla raislarini haqorat qilgani, tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan “siylagani”ning audiosi tarqalgandi. MFY raislarini yig‘ib, soliq tushumlari bo‘yicha hisobot so‘ragan prokuror ularning biriga “Erkakmisan sen ham? Xotinchalish, itdan tarqalgan ekansan-da, bo‘lmasa odamning ishini qilarding-da. Bor, borib itga o‘xshab vovulla ko‘chada”, — degandi. Prokuror shuningdek, yana bir raisga “Itdan tarqaganmisan, odamdan tarqaganmisan?”, — deydi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi so‘kong‘ich hokim harakatiga baho berar ekan, ovozlar haqqoniyligi tekshirilayotganini maʼlum qildi. Biroq, bu tekshiruv natijasi nima bilan tugagani jamoatchilikka nomaʼlumligicha qoldi.

Namanganda hokimlarning so‘kinishi bilan bog‘liq voqea avval ham sodir bo‘lgandi. Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan so‘kingan audiosi muhokama qilinganda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov bunga munosabat bildirib, “Hokimning bu qilig‘ini aslo oqlab bo‘lmaydi. Bunday mavqedagi davlat xizmatchisi aslida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi kerak. Jumladan, muomala, aholi bilan munosabat borasida ham. Namanganliklar farzandlarini ham sizlab gapiradi axir”, — degandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »