Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kasalligi haqida mish-mishlar fonida ta’tilga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ramzan Qodirov
Foto: Checheniston rahbari matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Qodirov “yillik haq to‘lanadigan ta’tilga” chiqqan. U yo‘qligida vazifalari Checheniston hukumati rahbari Muslim Xuchiyevga yuklatiladi.

“Men 2023-yil 3-iyuldan boshlab yillik to‘lanadigan ta’tilimni o‘tayapman”, — deyiladi hujjatda.

Qodirov imzolagan buyruq Checheniston rahbari va hukumati saytida paydo bo‘lgan. Avvalroq Chechenistonda amaldorning sog‘lig‘i yomonlashgani va uning buyragida jiddiy muammolar borligi haqida mish-mishlar keng tarqalayotgandi.

Shu bilan birga, “ta’til”ning tugash sanasi buyruqda ko‘rsatilmagan.

Ukraina tomonida jang qilayotgan Shayx Mansur nomidagi chechen batalyonining sobiq matbuot kotibi Islom Belokiyevning aytishicha, Qodirov buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda.

“Uning buyragi deyarli ishlamay qolgan va ma’lumotlarga ko‘ra, u gapirishga ham qiynaladi. Hatto dializ protsedurasi ham yordam bermaydi. Ehtimol, u tez orada vafot etadi”, — degan edi Belokiyev.

Qodirovning o‘zi 2-iyul kuni kasallik haqidagi mish-mishlarni rad etish uchun videomurojaat bilan chiqqan. Uning shishgan yuzi “sog‘lom ekani ” haqidagi da’volariga zid ko‘rinsa-da, ertasi kuni Qodirov birdan “dam olish” vaqti kelgani haqida qaror chiqargan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »