Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya AQSHni havo hududini buzganlikda ayblab, Pxenyan Amerikaning razvedkachi samolyotini urib tushirishga haqli ekanini eslatdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH harbiy-havo kuchlarining strategik va elektron razvedka samolyotlari KXDR havo hududiga bir necha o‘n kilometr bostirib kirgan. Vazirlik 1969-yilda Shimoliy Koreya osmonida Amerikaning EU-121 samolyoti qanday urib tushirilganini eslatib o‘tdi va havo hududi qayta-qayta buzilgan taqdirda “shunga o‘xshash hodisalar”ni istisno etmadi.

Bundan tashqari, KXDR AQSHni Janubiy Koreyada strategik yadro qurollari va yadroli suvosti kemalarini joylashtirish rejalari bilan yarimorolda keskinlik qo‘zg‘atishda aybladi.

“Bu Koreya yarimorolidagi vaziyat AQSHning provokatsion harbiy harakatlari tufayli yadro urushiga yaqinlashayotganini yaqqol isbotlaydi”, — deb taʼkidladi Mudofaa vazirligi.

Shimoliy Koreya yadro urushi xavfi va unga tayyorligini bir necha bor e’lon qilgan. O‘tgan yilning kuzida Pxenyan dushman hujumi sodir bo‘lgan taqdirda yoki mamlakat va uning yetakchisi Kim Chen Inga tahdid tug‘ilsa, avtomatik ravishda yadroviy zarba berish haqidagi qonunni qabul qilgandi. Shu bilan birga, Shimoliy Koreya o‘zini mas’uliyatli yadroviy davlat deb e’lon qildi.

AQSH prezidenti Jo Bayden agar KXDR AQSH yoki uning ittifoqchilariga yadroviy hujum uyushtirsa, Shimoliy Koreyadagi siyosiy rejim barham topishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »