Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Islandiya poytaxti Reykyavikdan 30 km uzoqlikda, poytaxtning janubi-g‘arbidagi Reykyanes yarimorolidagi Litli Xrutur tepaligi yaqinida vulqon otilishi boshlandi.

Mamlakat meteorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, otilish mahalliy vaqt bilan 16:40 da boshlangan. Bungacha so‘nggi haftada yarimorolda mingga yaqin zilzila sodir bo‘lgan. Ulardan ba’zilarining magnitudasi 5,0 dan oshdi. Bir necha kun oldin otilish hududida tuproqning ko‘tarilishi kuzatildi.

Ayni paytda lavaning otilish balandligi taxminan 200 metrni tashkil etmoqda. Seysmologlarning ta’kidlashicha, otilish joyida bug‘dan iborat parda hosil bo‘lgan. Mamlakatning bosh aeroporti samolyotlarning qo‘nishi yoki jo‘nashida hech qanday uzilishlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Islandiyaning yaqin tarixidagi eng halokatli vulqon otilishi 2010-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda mamlakatning janubiy qismida joylashgan Eyyafyatlayokudl vulqoni otilishi natijasida yuzaga kelgan kul ustuni sababli butun Yevropa bo‘ylab parvozlarni bir necha haftaga to‘xtatib qo‘ygandi.

Natijada yuz mingdan ortiq reys bekor qilinib, 10 milliondan ortiq odamga zarar yetgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »