Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha prezidenti Anjey Duda Rossiya bilan harbiy mojaro tugaganidan keyin Varshava Ukrainaga tinchlikparvarlik amaliyoti doirasida qo‘shin yuborishini istisno qilmadi. Bu haqda Duda Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jurnalistning Polsha Ukrainaga qo‘shin kirita oladimi, degan savoliga prezident bu Ukraina tuzadigan kelishuvlarga bog‘liqligini aytdi.

Foto: RIA Novosti

Unga ko‘ra, agar Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan tinchlik muzokaralariga kirsa, Polsha qo‘shinlari tinchlikparvarlik missiyasida qatnashishi mumkin, bu missiyada alyans harbiylari o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qiladi.

“Agar NATO shunday qaror qabul qilsa, biz alyansning mas’uliyatli a’zosi sifatida uni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Duda.

7-iyun kuni The Guardian nashriga bergan intervyusida NATO sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen agar a’zo davlatlar, jumladan, AQSH Kiyevga haqiqiy xavfsizlik kafolatlarini bermasa, alyans davlatlari guruhi Ukraina hududiga qo‘shinlarini joylashtirishi mumkinligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »