Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan uchrashish qarori Kremlning Prigojin va uning “Vagner” kampaniyasidagi roli haqidagi ilgari aytgan ritorikasiga zid. Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) tegishli hisobotni e’lon qildi.

Kollaj: “Daryo”

Kreml va G‘arb razvedkasi rasmiylarining xabar berishicha, Putin Prigojin bilan 29-iyun kuni “Vagner”ning 24-iyundagi qurolli isyoni ortidan uchrashgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Prigojin va barcha “Vagner” qo‘mondonlari (jami 35 kishi) bilan Kremldagi uchrashuvi uch soat davom etganini aytgan.

Peskovning taʼkidlashicha, Putin “Vagner”ning “maxsus harbiy operatsiya” vaqtidagi harakatlarini baholagan, qurolli isyonga o‘z bahosini bergan va qo‘mondonlarning tushuntirishlarini tinglagan. 

Shuningdek, u “Vagner” qo‘mondonlariga “qo‘shimcha ishga joylashish imkoniyatlari”ni taklif qilgan, ular esa davlat va Putinning sodiq tarafdori va askari ekanini bildirgan.

Peskov uchrashuvda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari ishtirok etdimi, degan savolga javob berishdan bosh tortgan.

Fransiyaning Liberation nashri avvalroq G‘arb razvedkasi vakillariga tayanib, Prigojin va “Vagner” oliy qo‘mondonligi 1-iyul kuni Putin, Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov va Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bilan uchrashgani haqida xabar bergan.

Liberation nashri 29-iyun kuni e’lon qilingan yig‘ilishni nazarda tutyaptimi yoki Kremldagi qo‘shimcha yig‘ilishnimi, aniq emas.

“Putinning Prigojin bilan uchrashish qarori Kremlning u va ‘Vagner’ roli haqidagi ilgari aytgan ritorikasiga zid keladi. 29-iyun kuni Peskov Prigojinning qayerda ekani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgandi.

Putin, shuningdek, 27-iyundagi nutqida ‘Konkord kompaniyasining egasi’ (Konkord Prigojinning umumiy ovqatlanish kompaniyasining bosh kompaniyasi hisoblanadi) Rossiya armiyasi uchun ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatgani, Rossiya hukumati esa “Vagner” qo‘shinlarini to‘liq moliyalashtirib, ta’minlaganini aytdi.

Prigojin Konkord’ning egasi ekani hisobga olinsa, Putin bu bayonotida aniq Prigojinni nazarda tutgan.

“Putinning Prigojin bilan uchrashuvi va “Vagner”ni hukumat moliyalashtirganini tan olishi Putinning isyon tashkilotchilarini qoralashiga zid keladi. Ehtimol, Kreml Prigojinning Rossiyada qonuniy choralarsiz erkin harakatlana olishi haqidagi ko‘plab savollarga javob berish uchun mazkur uchrashuvni ommaga e’lon qilgan”, — deyiladi xabarda.

Kremlga aloqador harbiy muxbiri Putin va Prigojin o‘rtasidagi uchrashuvni Kremlning Prigojinni “yumshoqlik bilan” o‘rnini almashtirish va “Vagner”ni qayta qurishga urinishi deb ta’rifladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »