Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hududida fuqaro IIB xodimlariga pichoq o‘qtalgani tasvirlangan video tarqalgandi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining mazkur voqea yuzasidan tushuntirish berishicha, u IIB xodimiga pichoq o‘qtalishidan avval 40 yoshli fuqaroning qorin sohasiga pichoq sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.

Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent tumani hududi “G‘isht ko‘prik” bojxona posti oldida, Sirdaryo viloyatida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro hech bir sababsiz, yo‘l yoqasidan harakatlanib ketayotgan, o‘ziga begona bo‘lgan 40 yoshli fuqaroning qorin qismiga, yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan. Voqea sodir bo‘lgan zahoti, hududda xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari ushbu shaxsning oldiga borib, undan zudlik bilan harakatlarini to‘xtatishni talab qilganlarida, fuqaro xodimlarga va atrofdagi boshqa fuqarolarga ham qo‘lidagi pichoq bilan tashlanib, tahdid qiladi.

Shundan so‘ng xodimlar atrofdagi boshqa fuqarolarga ham shikast yetkazishining oldini olish maqsadida, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan maxsus rezina tayog‘ini ishlatib, jismoniy kuch qo‘llagan holda fuqaro Sh.E.ni qo‘lga olishgan va zararsizlantirilgan. Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan, — deyiladi bosh boshqarma axborot xizmati xabarida.

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »