Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Avatar”, “Titanik” va “Terminator” kabi mashhur filmlarning rejissori Jeyms Kemeron Kaliforniya sohilidagi hashamatli mulkini sotuvga qo‘ydi. U uyini 33 million dollarga sotishni rejalashtirgan, deb yozmoqda “Korrespondent.net” nashri.

Foto: “Korrespondent.net”

Mulk “Gavayi kurorti” uslubida qurilgan. Uy Santa Barbara okrugida, Gollisterning Gaviotaning yopiq tumanida joylashgan bo‘lib, asosiy bino, mehmonxonalar, garajli katta shiypon va hatto vertolyot maydonchasini o‘z ichiga oladi.

Foto: “Korrespondent.net”

Jeyms Kemeron rafiqasi bilan  1990-yillarning oxirida bu mulkni 4,3 million dollarga sotib olgan, hozirda juftlik Yangi Zelandiyada istiqomat qiladi. Kemeron bu uyda rafiqasi Syuzi Emis bilan 20 yil yashagan.

Foto: “Korrespondent.net”

Xonalarning baland shiftiga chiroq qo‘yilgan, shuningdek, uy nur tushib turadigan derazalarga ega. Asosiy yotoqxonada poldan shiftgacha derazalar, kamin va yog‘ochdan yasalgan to‘rtta karavot mavjud. Derazalar, terassalardan okean va tog‘larning ajoyib manzarasini ko‘rish mumkin.

Foto: “Korrespondent.net”

Butun hudud oq devorlar bilan o‘ralgan. Shuningdek, hududda go‘zal manzarali katta suzish havzasi va ikkita quduq mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »