Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2023-yilning olti oyida qancha o‘zbekistonlik xorij davlatlarida manzilli ishlarga joylashtirilganini ochiqladi.

Ma’lum qilinishicha, xorijning vakolatli tashkilotlari va salohiyatli ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Buyuk Britaniya, Bolgariya, Ruminiya, Latviya, Polsha, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan 58 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 30 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.

Hisobot davrida Rossiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Litva, Bolgariya, Polsha, Ruminiya kabi davlatlarda jami 21 595 nafar o‘zbekistonlik manzilli ishlarga joylashtirilgan.

Shuningdek, agentlik tomonidan mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish, moddiy yordam ko‘rsatish borasida jami 120 mingga yaqin fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan. Shundan, 103 mingdan ortig‘iga maslahat xizmati, 6 700 dan ortig‘iga huquqiy, 7 600 dan ortig‘iga ijtimoiy, 1 424 nafariga moddiy, shundan, 935 nafariga BHMning 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, 36 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 202 nafar yurtdoshimiz esa O‘zbekistonga olib kelingan. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan O‘zbekiston fuqarolarining ish beruvchilaridan 516 ming dollar miqdoridagi ish haqlari undirib berilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ko‘ra, 2022-yilda 60 mingga yaqin o‘zbekistonlik boshqa davlatlarga ishlash uchun ketgan. Qayd etilishicha, mamlakat aholisining 2 million nafardan ko‘p qismi boshqa davlatlarda turli sohalarda mehnat qilmoqda.

Iyun oxirlarida bir guruh O‘zbekiston fuqarolari ishlash maqsadida Germaniyaga borib, qiyin ahvolda qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unda 300 ga yaqin yoshlar ishlash uchun borib sarson bo‘lib yurgani, qayerga borishini bilmay bir necha kundan beri vokzalda tunayotgani aytilgan. Iyul boshida bo‘lsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmaslikka chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »