Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda prezident qarori bilan askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda O‘zA. 

Unga ko‘ra, bu prezidentining 11-iyul kuni imzolangan “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. Xususan, markaz tomonidan askiya va qiziqchilik ijrochiligi yo‘nalishida “ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish, isteʼdodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va taʼlim muassasalarida askiya va qiziqchilik sanʼati to‘garaklarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining askiya va qiziqchilik sanʼatini saqlash va targ‘ib etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu borada ijodkorlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.

Askiya va qiziqchilik bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarga har tomonlama ko‘maklashish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, ko‘rik-tanlov, ijodiy kechalar, askiya va qiziqchilik tomoshalarini tashkil etish ham markazning vazifalari sirasiga kiradi.

Hujjat bilan, endi askiya va qiziqchilik sanʼatining payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona, radif, aytishuv, rabbiya kabi noyob shakllarini asrash va targ‘ib etish, sahnaviy sujetlarini rivojlantirish hamda isteʼdodli so‘z ustalarining ijod fondini va maxsus adabiyotlarni yaratishga kirishiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »