Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbarining isyonidan so‘ng 15 ga yaqin rossiyalik ofitser ishdan bo‘shatildi yoki chetlashtirildi, yana 13 nafari so‘roq uchun hibsga olindi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbaalariga tayanib, xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, Prigojinning “adolatli marshi” boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Rossiya ichki xavfsizlik xizmati bir necha yuqori martabali harbiylarni, jumladan, general Sergey Surovikinni hibsga olgan.

Surovikin Moskvada so‘roq qilinmoqda, biroq u jinoyatda ayblanmagan. Nashr manbalaridan biri u isyon rejalari haqida bilishi mumkinligiga ishonch bildirgan.

So‘roqdan keyin general-polkovnik Andrey Yudin ham, general-leytenant Vladimir Alekseyev ham o‘z vazifalaridan chetlashtirilgani aytilmoqda. General-polkovnik Mixail Mizintsev ham hibsga olingani ta’kidlangan.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24-iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »