Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida 19 yoshli yigit tog‘asining mashinasini olib qochib, 4 ta avtomobil bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, ishtixonlik yigit to‘ydan tog‘asining mashinasini haydab chiqqan va avtohalokatga uchragan. 19 yoshli yigit ushbu holatni sodir etganidan tog‘asi bexabar bo‘lgan. U Samarqand shahrida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir etgan va qochib ketgan. 

“Tog‘amning mashinasini olib qochdim. Qaytishda Samarqand shahrida YPX xodimlari to‘xtatdi. Men to‘xtamasdan mashinalarni urib, yana qochib ketdim. Shahardan mashinalarni tuzatib, yana qishloqqa qaytgan edim. Mashinani yashira olmadim, xodimlar meni ushlab oldi. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — deydi yigit. 

Hozir mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »