Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tug‘uruqxonada ayol chaqalog‘i bilan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. SSV holat yuzasidan ma’lumot berdi

Aniqlanishicha, 2023-yil 14-iyul soat 06:45 da Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limiga O‘rta Chirchiq tumani “Gulobod” MFYda yashovchi, 1993-yil 28-fevralda tug‘ilgan fuqaro M.D. murojaat qilgan. Bemor muassasaga singlisi tomonidan olib kelinganida ahvoli o‘ta og‘ir, terisi rangpar, sovuq ter bosgan, arterial qon bosimi 70/40 mm simob ustuniga teng, tana harorati 39,5 daraja, tananing shilliq qavatlari ko‘kimtir rangda, karaxt va savollarga aniq javob bera olmaydigan holatda bo‘lgan.

Qabul vaqtida unga  homiladorlik-2, 38 hafta tug‘uruq, sepsis, I-II darajali septik shok dastlabki tashxisi qo‘yilib, zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng navbatchi brigada akusher-ginekologlari hamda anesteziolog-reanimatolog tomonidan barcha zarur reanimatsion muolajalar amalga oshirilgan.

Dastlab ikki tomonlama periferik vena, keyinchalik markaziy vena kateterlanib, markaziy venoz bosim past bo‘lgani uchun shokka qarshi, yurak-qon tomir, nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tezkor chora-tadbirlar o‘tkazilgan. Shuningdek, bemor o‘pkaning sunʼiy ventilyatsiyasiga o‘tkazilgan. Biroq markaziy vena orqali bajarilgan massiv infuzion muolajalar va jadal reanimatsion terapiyaga qaramay, uning gemodinamikasi tiklanmagan.

Oqibatda 2023-yil 14-iyul soat 07:30 da bemorda klinik o‘lim holati qayd etildi. Navbatchi anesteziolog-reanimatolog shifokorlar tomonidan yurak-o‘pka reanimatsiyasi 40 daqiqa davomida olib borildi, lekin  yurak faoliyati tiklanmadi. Oqibatda soat 08:10 da bemorda biologik o‘lim kuzatildi. Ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »