Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Zufar Narzullayev 2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2017—2022-yillarda respublika miqyosida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga buyurtmachilik qilgan kompaniya 56 ming xonadondan iborat 1 228 ta uy-joy barpo etgan.

Shuningdek, Zufar Narzullayev 2009—2016-yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va “Angren—Pop” temiryo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan. 2016—2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

11-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ raisi Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etilgandi. Yig‘ilishda bundan to‘rt yil avval Toshkent—Samarqand, Toshkent—Andijon pulli yo‘llari va “Taxtaqoracha” dovonida pulli tunnel qurish topshiriqlari berilgani, biroq na loyiha, na investor jalb qilish bo‘yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagani tanqid ostiga olingan.

Shu bilan birga, mazkur yig‘ilishda 2019-yildan buyon Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan, biroq yo‘l sohasiga 2001-yildan buyon javobgar bo‘lgan Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan olgandi. Unining o‘rniga Buxoro viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jamshid Tursunov tayinlangan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »