Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov hozir Kremlda sodir bo‘layotgan voqealar haqida barcha ma’lumotlarga ega ekanini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: AFP

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina turli manbalardan, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlardan ma’lumot oladi. U 2014-yil Ukraina axborot urushida Rossiyaga yutqazgan bo‘lsa, hozir Rossiyaning o‘zi Ukrainaga yutqazayotganini aytdi.

Mulozim Prigojin isyonidan so‘ng Ukraina razvedkasi ma’lum xulosalar chiqarganini bildirdi. Budanov Ukraina razvedkasi bosqin tahdidi haqida birinchi bo‘lib ogohlantirganini eslatdi.

“Agar siz ‘Mossad’ni Isroilning mashhur tashqi razvedka xizmati deb bilsangiz, biz bunga intilamiz... Davlat dushmanlarini yo‘q qilishga kelsak, shunday qilib kelganmiz va bu davom etadi. Biz hech narsani qayta tashkillashtirishimiz kerak emas, chunki u allaqachon mavjud”, — deb javob berdi Ukraina razvedka rahbari.

Budanovga qarshi suiqasdga ko‘plab urinishlar bo‘lgan. Oxirgi holatda hujumchining o‘zi Ukraina razvedkasi rahbarining mashinasini portlatib yubormoqchi bo‘lganida portlatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »