Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Rossiyadagi eri bilan janjallashib qolib, ikki nafar qiz farzandini kaltaklab videoga olgan ona voqeasiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 Rahmat Mamatov
Foto: Samarqand viloyat IIB

Taʼkidlanishicha, Rahmat Mamatov mazkur voqea sodir bo‘lgan hudud masʼullari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan.

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, deyishganidek, bunday holatni oqlab bo‘lmaydi. Mutasaddilar xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganmagani, xotin-qizlarning dard-u tashvishiga quloq tutmagani sabab shunday holat yuzaga chiqmoqda. Ona albatta qilmishi uchun qonun oldida javob beradi. Ammo ikki norasida qizaloqning ruhiyati majruh bo‘lmadi, ular barkamol bo‘lib ulg‘ayadi deb kim kafolat beradi? Biz buning oqibatini o‘ylashdan avval bunga qarshi kurashishimiz, jamoatchilik faol bo‘lib, birgalikda hamkorlikda ishlashimiz shart va zarur”, — dedi boshqarma boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov.
Foto: Samarqand viloyat IIB

Masʼul mahallalardagi “beshlik”lar har bir xonadonning muammo va ijtimoiy holatini chuqur o‘rganishi shartligini taʼkidlagan.

Eriga jahl qilib bolasini urgan onaning sodir etgan qilmishi viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan tumanda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Boshqarma boshlig‘i onaning farzandlariga nisbatan sodir etgan shafqatsizligini qattiq qoralab, mahalladagi “beshlik” har bir xonadonning muammo va ijtimoiy holatini chuqur o‘rganishi lozimligini taʼkidlab, bu borada alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi”, — deydi Rahmat Mamatovning matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev.
Foto: Samarqand viloyat IIB

Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 27 yoshli ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo‘natgani, viloyat IIB matbuot kotibi mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani maʼlum qilingandi.

2023-yilning 14-iyul kuni viloyatning Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFYga qarashli Tuynak qishlog‘ida yashovchi ayol Rossiyada bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqotda yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib, holatni tasvirga olib, turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »