Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi 40 yillikda Yer sayyorasida olti marta “El-Ninyo” hodisasi kuzatilgan. Bu hodisa Tinch okeani katta suv massasi haroratining meʼyordan ortishiga va global haroratning keskin ko‘tarilishiga olib keladi.

Foto: Yandex

Iyul oyi boshida so‘ngi yetti yil ichida birinchi marta “El-Ninyo” sharoiti yuzaga kela boshladi. O‘tmishda sodir bo‘lgan “El-Ninyo”lar butun dunyo qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotiga muammolar tug‘dirgan. Shuning uchun ekspertlar barcha mamlakatlar uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun choralar ishlab chiqishi zarurligini takrorlamoqda.

Xususan, so‘nggi 40 yillikdagi barcha “El-Ninyo” hodisalari dunyoda havo haroratining meʼyorga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lishini taʼminlab kelgan. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov Telegram’dagi kanalida maʼlumot berdi.

“El-Ninyo” kuzatilgan davrlarda sayyorada harorat ko‘tarilib ketadi. Yog‘inlarda jadallik ortadi. Ayrim hudularda yog‘in rekordlari kuzatiladi. Baʼzi mintaqalarda umuman yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Davomli qurg‘oqchilik va issiqlik yuqori cho‘qqiga chiqadi. Joriy mavsum mazkur hodisa kuzatila boshladi. Iqlimshunoslar uning davomiyligi kamida 10 oycha davom etishini maʼlum qilishmoqda”, — deb yozadi mutaxassis.

Oxirgi 40 yil ichida “El-Ninyo” hodisalari quyidagi yillarda kuzatilgan:

  • 1982-yilda;
  • 1987-yilda;
  • 1991-yilda;
  • 1997—1998-yilda;
  • 2009—2010-yil;
  • 2015—2016-yil.

Iqlimshunoslar kelayotgan qish oylari “El-Ninyo” taʼsirida iliq bo‘lishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

O‘zbekistonliklar “El-Ninyo” hodisasi taʼsiri ostida 2016-yil O‘zbekistonda qanday mavsumlar kuzatilganini yaxshi eslashsa kerak. Iliq qish, issiq bahor va jazirama yoz ketidan kuzning oktabri sovuq, noyabrda esa qor yog‘ib yuborgandi. Ammo tog‘larda yilning sovuq davrida meʼyordan ko‘p yog‘in yog‘ishi daryolarda suv taʼminotining biroz yaxshi bo‘lishini taʼminlagan. Juda iliq qish ortidan bahor va yozda birinchi marta mintaqa “qurt-qumursqalar hujumiga” guvoh bo‘lganini ham esdan chiqarmaslik lozim. Agar 2016-anolog yilga ishonilsa, kelayotgan qishimiz ham iliq bo‘lishi mumkin, — degan Erkin Abdulahatov.

Prognozlarga ko‘ra, 2024-yil dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »