Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iyun oyi Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan eng issiq oy bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, jazirama odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ygan va elektr tarmoqlarining ortiqcha yuklanishiga sabab bo‘lgan, shuningdek, o‘rmon yong‘inlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Agentlikning yozishicha, janubiy Yevropaning katta qismida kuchli jazirama davom etmoqda. Masalan, Italiya va Ispaniyada havo harorati 40 darajadan oshishi mumkin. Aniqlik kiritilishicha, jaziramaning pasayishi hozircha prognoz qilinmagan. Kelasi hafta Shimoliy Afrikadan kelayotgan issiqlik to‘lqini Janubiy va Markaziy Yevropada havo haroratining yanada oshishiga olib kelishi kutilmoqda.

Iyun oyida Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) 2023-yilning yozi Yevropa va butun sayyora uchun rekord darajada eng issiq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagandi. Kelajakda haroratning ko‘tarilish tendensiyasi o‘sishda davom etishi qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »