Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2023-yil davomida Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 500 million so‘mdan yo‘naltiriladi. Jamg‘armaga jami 228 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib, jumladan, quyidagilar belgilangan:

  • mahallalar hududlaridagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini ta’mirlash va tiklash;
  • mahalla infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • mahallalardagi “mahalladagi ko‘chaboshi va uyboshi”larini rag‘batlantirish;
  • ijtimoiy himoyaga muxtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy tomondan ko‘maklashish hamda ularning turar joylarini ta’mirlash;
  • fuqarolar yig‘inlari binolari va ularning joylashgan hududlarda sport maydonchalari, nuroniylar maskani, yoshlar markazi, bolalar maydonchalari, kutubxona, madaniyat markazlarini qurish, yirik va mayda ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta’minlash;
  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “mahalla bog‘lari”ni tashkil qilish.

Bundan tashqari, prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi huzurida Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘armaga 2023-yil uchun jami 20 milliard so‘m ajratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »