Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar Qrim ko‘prigi jiddiy shikastlangan bo‘lsa, bu Rossiya harbiylarining ta’minot yo‘llariga sezilarli ta’sir qiladi. Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchisi Jorj Barros tegishli fikrni ilgari surdi.

Foto: Gazeta.ru
“Rossiya faqat bitta quruqlik ta’minoti liniyasiga, ya’ni bosib olingan Xerson va Qrimdagi o‘n minglab harbiylarini qo‘llab-quvvatlash yoki evakuatsiya qilish uchun Azov dengizidagi qirg‘oq magistraliga ega bo‘ladi”, — dedi Barros.

Nashrning taʼkidlashicha, voqea tafsilotlari haligacha noma’lum bo‘lsa-da, ba’zi rossiyalik siyosatchilar portlashda Ukraina tomonini ayblashga shoshilgan. Jumladan, Rossiya Tergov qo‘mitasi bayonotida Ukraina “maxsus xizmatlari” hujum uchun javobgar ekani aytilgan, hatto ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Nashr, shuningdek, bosib olingan Qrim endi Yevropaga kiritilmayotgan rossiyaliklar uchun sevimli dam olish maskani ekanini qayd etgan. Bayram mavsumining qizg‘in pallasida Qrim ko‘prigi va uning kirish joylarida doimiy ravishda katta tirbandliklar yuzaga keladi.

Qrim ko‘prigida portlash

17-iyul tongda Qrim ko‘prigida portlash sodir bo'ldi, oqibatda yo'lning bir qismi suvga tushib ketdi. Portlash oqibatida ikki nafar rossiyalik halok bo‘lgan.

Ba’zi OAV manbalarga tayanib, bu Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) va Ukraina harbiy-dengiz kuchlari tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya bo‘lganini xabar qildi, biroq UXX ko'prikdagi ushbu hujum tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.

Kreml munosabati

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning barcha tegishli xizmatlari va idoralari Qrim ko‘prigidagi portlashdan so‘ng ehtimoliy yangi hujumlarga tayyor ekanini aytdi. U “maxsus harbiy operatsiya”ning maqsadlari orasida Qrim ko‘prigidagi portlashga javob ham bo‘lishini ta’kidladi.

“Biz bu terakt sabablari va uning ortida kimlar turganini bilamiz. Bu bizdan yanada sovuqqonlik, qo‘shimcha chora-tadbirlar va qo‘shimcha mehnat talab qiladi”, — dedi Peskov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »