Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun (17-iyul) soat 10:00 da jamoatchilik fikri orqali hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumi boshlandi.

Foto: Open budjet

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotiga ko‘ra, jarayon odatdagidek uch bosqichdan iborat bo‘ladi.

  • Birinchi bosqichda fuqarolar loyihalarni shakllantirishlari kerak va bunga 17-iyuldan 6-avgustgacha vaqt beriladi.
  • Ikkinchi bosqichda loyihalar maxsus komissiya tomonidan saralanadi. Bu jarayon 6-avgustdan 26-avgustgacha davom etadi.
  • Uchinchi bosqichda loyihalarga ovoz beriladi, bunga 26-avgustdan 15-sentabrgacha muddat belgilangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Vazirlik axborotida mazkur mablag‘lar miqdori mavsum yakuniga qadar ortib borishi keltirilgan.

Birinchi bosqich qanday o‘tgandi?

“Tashabbusli budjet” loyihasining birinchi mavsumida qariyb 16 million nafardan ortiq odam loyihalarga ovoz bergan. Bu o‘zbekistonliklarning 45 foizi degani. Birinchi mavsumda aholi tomonidan yo‘l, suv, elektr, maktab, bog‘cha va shifoxonalarni yaxshilashga 33 ming 680 ta loyiha takliflari ovozga qo‘yilgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, shundan 1 ming 666 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Mazkur loyihalarda keltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun 1,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Bosh prokuratura “Tashabbusli budjet” jarayonlarining birinchi mavsumida tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi nazoratga olinganini xabar qilgan.

Avvalgi mavsumda ayrim fuqarolarni, xususan, o‘qituvchi va boshqa kasb egalarini ovoz berishga majburlash holatlari kuzatilayotgani muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Keyin prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Qarorga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

“Mening yo‘lim”

Hukumat tomonidan 2023-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayoniga jami 8 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi aytilgan. “Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumidan so‘ng, may oyida mazkur loyiha doirasida “Mening yo‘lim” loyihasi tashkil etildi.

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni taʼmirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini taʼminlash maqsadida tayyorlangan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 ming 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan. 27-apreldan 7-may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, 517 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Ovoz berish jarayonida respublika bo‘yicha 8 million 93 ming 918 nafar fuqaro faol ishtirok etgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng ko‘p g‘olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 412,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Umuman olganda, “Tashabbusli budjet” loyihasi O‘zbekistonda ilk bor 2021-yilda eksperiment sifatida boshlangan. Dastlabki jarayonda aholidan 1 ming 100 ta taklif tushgan bo‘lsa, hozir bir kunning o‘zida shuncha tashabbus bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »