Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 ga kelib Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida, Shinjon-Uyg‘ur ma’muriy hududida havo Selsiy bo‘yicha 52,2 darajagacha ko‘tarildi, bu iyul oyidagi harorat rekordi, deb xabar bermoqda Channel News Asia Xitoy meteorologiya boshqarmasiga tayanib.

Iyul oyi uchun avvalgi rekord 2017-yilda 50,6 daraja issiq bo‘lganda qayd etilgandi.

Yangi rekord Turfan shahri yaqinidagi Sanbao qishlog‘ida o‘rnatildi. Mahalliy aholi uylarini tark etmaslik, masofadan turib ishlash va o‘qishga chaqirildi.

Shaharda asosiy ko‘chalar va magistral yo‘llar maxsus uskunalar yordamida suv sepilib, sovitilmoqda. 

Iyun oyida ham Xitoyda rekord darajadagi yuqori havo harorati qayd etilgandi – 39,4 daraja.

Hozirda AQSH va Janubiy Yevropa mamlakatlarida ham anomal issiq havo hukm surmoqda. Jazirama tufayli bir qator mamlakatlarda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lyapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »