Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 18 704 nafar ayolga himoya orderi berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayevaning ma’lum qilishicha, himoya orderi berish natijasida 7965 ta oilani yarashtirishga, 9720 ta oilada nizoni bartaraf etishga erishilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston psixologlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda mahalla xotin-qizlar faollarida oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish, xotin-qizlarga huquqiy-psixologik yordam ko‘rsatish borasida psixologik bilimlarini shakllantirish maqsadida 2023-yil 24-iyuldan boshlab barcha hududlarda seminar-treninglar o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotli bo‘lmagan 12 563 nafar xotin-qizlardan arizalar qabul qilinib, belgilangan mezonlar asosida 11 992 nafariga tavsiyanoma berilgan.

Himoya orderi haqida

Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan hujjat.

U jabrdiyda xotin-qizlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladi. Turmush o‘rtog'i, sevgan yigiti, qaynota-qaynonasi, qaynsingillari, qo‘ni-qo‘shni, ish joyida bo‘lsa, rahbari va boshqalar tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar mazkur order asosida qonuniy tarzda muhofaza qilinadi.

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »